Mehnat ta’limiga qo’yilgan DTS talablari quyidagicha




Download 19.23 Kb.
bet3/3
Sana10.04.2017
Hajmi19.23 Kb.
#3791
1   2   3
Mehnat ta’limiga qo’yilgan DTS talablari quyidagicha:

  • turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish;

  • xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to’g’risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;

  • mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini o’rgatish;

  • o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o’rgatish, ish boshqaruvchi (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish;

  • o’quvchilarning bilimga intilishi va mehnatga muhabbat, mehnat qilayotgan kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o’rgatish, ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash;

  • yangi ishlab chiqarish axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo’llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o’rganishlarini ta’minlash;

  • yuqori sinflarda turli mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o’rgatish.

DTS laridan ko’rinib turibdiki, mehnat ta’limi fani umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mehnat ta’limi fani darslarini tashkil etishga va o’tkazilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.

Download 19.23 Kb.
1   2   3




Download 19.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta’limiga qo’yilgan DTS talablari quyidagicha

Download 19.23 Kb.