|
Namunaviy dasturi
|
bet | 1/3 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 29,33 Kb. | | #271296 |
Bog'liq Dastur - 2024 1-kurslar (ДИ-kafedrasi)
Oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025 o‘quv yilining
dastlabki kunida o‘tkaziladigan tadbirlarning
Birinchi kurs maktabi
(Orientation week)
Dasturiy injiniring kafedrasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha
NAMUNAVIY DASTURI
1-kun (2024-yil 9-sentabr)
09:00 – 10:00
|
O’quv yilining boshlanishi bo’yicha ochilish marosimi:
- O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari D.K.Yakubjanova va fakultet dekani B.Nazarovlarning tabrik so’zlari;
- Faxriy bitiruvchilarning nutqi.
- Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan hamda salmoqli yutuqlarga erishgan talabalardan intervyu olinib qisqacha
(1-2 daqiqalik) videorolik namoyish etish.
|
10:10 – 11:00
|
Fakultet dekani, uning muovinlari hamda fakultet kafedralari bilan, shuningdek, oliygohning tarixi, odob-ahloq qoidalari bilan tanishuv.
|
11:10 – 12:30
|
Kompyuter injiniring o’quv binosi bilan tanishuv. Oliy ta’lim muassasasi bo‘ylab ekskursiya.
- Auditoriyalar;
- Kutubxona, Axborot resurs markazi;
- Sport binosi;
- Ilmiy markazlar, Texnoparklar, coworking xonalar, spin-of korxonalar bilan tanishtirish.
|
13:20 – 15:00
|
Guruhlar bo‘yicha tanishuv:
- Mutaxassislik bo‘yicha kichik musobaqalar;
- Debatlar.
|
Izoh:
Birinchi kun dasturi bo‘yicha talabalar asosan oliy ta’lim muassasasi, oliy ta’lim muassasasining rahbariyati, fakultet va kafedralar, shuningdek, o‘z guruhlari bilan yaqindan tanishishi lozim.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini bitirib hozirda yuqori natijalarga erishgan faxriy bitiruvchilar, hozirda tahsil olayotgan hamda shu vaqt davomida turli yuqori natijalarga erishgan yoshlar bilan tanishishi lozim.
|
* 1-kunda olib boriladigan tadbirlar asosan, dekanat, ma’naviyat bo’limi va tyutorlar tomonidan olib boriladi. Kafedra o’qituvchilari 09:00-10:00 vaqtda bo’ladigan tadbirda ishtirok etishadi.
|
| |