13
Май 2022 16-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
ENERGIYAGA EHTIYOJNI QOPLASHDA AES DAN FOYDALANISH
ISTIQBOLLARI
Avezov Ismoil Yoshuzoq o’g’li
BuDU fizika o’qituvchisi
Email: ismoil.avezov.yoshuzoqvich@gmil.com
Saidov Q.S.
BuxDU dotsenti, Email: qurbonsaid@mail.ru
Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Respublikasi misolida
energiya taqchiligini samarali,
ekologik jihatdan toza va istiqboli energiya manbalari orqali qondirish yo’lari ko’rib chiqilgan.
AES dan foydalanish IES larga qaraganda ancha samarali va ekologik jihatdan toza energiya
manbai ekanligini ko’rishimiz mumkin. AES lardan foydalanish orqali yer osti va yer usti
manbalaridan oqilona va samarali foydalanishimiz mumkinligini ko’rishimiz mumkin va va bu
orqali keljak avlodlarimizga energiya manbalaridan samarali foydaangan
holda yer osti yer usti
tabiy boyliklarimiz ko’proq miqdorda qoldirishimiz mumkin bo’ladi.
Kalit so’zlar : IES, GES, stansiyalar blogi, FES, tabiiy gaz, elektr energetika, issiqxona gazlari,
uran,
karbonat angidrid.
Hozirda elektr energetika sohasi Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiyotining muhim
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar
jarayonini ushbu jabhadagi oʼzgarishlar misolida ham koʼrish mumkin.
Bugungi kunda respublikada elektr energiyasining ishlab chiqarish bo’yicha o’sish
sohasi
suratiga nazar tashlaydigan bo’lsak. 2020- yilda ummuiy hisobda 66.4 mlrd kV·h , 2021- yilda
esa ummuiy hisobda 71.3 mlrd kV·h ellektr energiya ishlab chiqarilgan. Shu ishlab chiqarilgan
elektr energiyasining, elektr energiya ishlab chiqaradigan manbalarga
taqsimotini qaraydigan
bo’lsak [1].
2020- 2021 yilar oralig’ida elektr stansiyasining umumiy o’rnatish quvati 1.2%, ishlab chiqarish
esa 7.3 % oshdi. Bu ishlab chiqarilgan elektr energiya qiymatini odom son boshiga nisbatan oladigan
bo’lsak 2020 yilda 1.92 ming kV*h, 2021 yilda 2.05 ming kV*h ni tashkil etgan va asosoiy
energiya manbayi IES lar bo’lib umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 92.14% tashkil
qiladi. Buning uchun yiliga 19.8 milliard kub metr tabiiy gaz, 98 ming tonna mazut va 3.2 million
tonna ko‘mir sarflanadi.
2 0 2 1 -
yil 31- oktiyabrda BMT ning iqlim o’zgarishlari bo’yicha 26-konfrensiyasi (COP26)bo’lib o’tdi.
COP26 doirasida 2019-2020 yilarida turli ishlab chiqarish ob’ektlarida issiqxona gazlari emisiyasi
xalqaro o’rganish natijalari elon qilindi. Baxolash energiya ishlab chiqarish davomiyligini butun
emissiyalarini hisobga olingan.
Generatsiya
manbalari
C – ekv.*/kVt*h
Ko’mir bilan ishlovchi IES lar
751-1095
Kombinatsiyalangan
gaz elektr stansiyalari
403-513
Gidrostansiyalar
6-147
Quyosh elektr stansiyalari (STES, CSP)
27-122
Quyosh elektr stansiyalari (fotovoltaik, PV)
8-83
Yer usti shamol elektr stansiyalari
12-23
Dengizdagi
shamol stansiyalari
7.8-16
AES
5.1-6.4
Karbonat angidrid ekvivalenti - issiqxona gazining massa emissiyasini karbonat angidrid
emissiyasi bilan solishtiruvchi birlik .
Jadvaldan ko’rishimiz mumkinki ekologik jihatdan eng maqbul manba AES lar sifatida
qaralmoqda. Shu bois mamlakatda tinch maqsadlarda foydalanish
uchun atom energetikasini
barpo etishga kirishildi. Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr
stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat,
har birining quvvati 1200 Megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz
va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7
milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-