Kalit so'zlar:
shpal, BF70 turi, mustahkamlik, yorilishga chidamlilik, texnologik
afzalliklar, elastik mahkamlagich, xarajatlarni minimallashtirish.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida transport salohiyatini yanada rivojlantirish
bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, bu esa mamlakatimizning
siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga faol
integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni
rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri barcha transport turlari bilan
birgalikda yagona transport tizimini rivojlantirish, jumladan, tashqi savdo uchun transport
tizimida “yashil yo‘laklar” va tranzit imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat, shuningdek,
tranzit yuk aylanmasi hajmini 15 million tonnagacha oshirish [1, 2].
Buni hisobga olgan holda, transport samaradorligini oshirish va poezdlar harakati
xavfsizligini ta'minlash uchun temir yo'lning asosiy elementlarining ishonchliligini oshirish,
shuning uchun uzoq vaqt davomida yo'l ustki tuzilmasi holatini tegishli darajada bilish zarur
[3, 4]. Shundan kelib chiqqan holda, yo'l elementlarining eskirish jarayonlarini, shu
jumladan shpallar holatining o'zgarishini o'rganish katta ahamiyatga ega.
Hammaga ma'lumki, shpallar an'anaviy va eng keng tarqalgan rels asosining turidir.
Umuman olganda, shpallar relslardan bosimni qabul qilib, uni balast qatlamiga o'tkazish
uchun xizmat qiladi; temir yo’l iziga dinamik ta'sirlarni elastik o’zgartiradi; yo'l kengligining
doimiyligini va ballast bilan birgalikda gorizontal va vertikal tekisliklarda rels-shpal
panjarasining barqarorligini ta'minlaydi.
|