Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji




Download 262.5 Kb.
bet10/12
Sana10.04.2017
Hajmi262.5 Kb.
#3952
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Stenografiyaning kriptografiyadan boshqa o'zgacha farqi ham bor. Ya'ni uning maqsadi - maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo'ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun). Kompyuter texnologiyalari stenografiyaning rivojlanishi va mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo'nalish - kompyuter stenogryafiyasi paydo bo'ldi.

Kompyuter stenografiyasi rivojlanishi tendentsiyasining tahlili shuni ko'rsatadiki, keyingi yillarda kompyuter stenografiyasi usullarini rivojlantirishga qiziqish kuchayib bormoqda. Jumladan, ma'lumki, axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi doim kuchayib bormoqda va axborotni himoyalashning yangi usullarini qidirishga rag'batlantirilayapti. Boshqa tomondan, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining jadal rivojlanishi ushbu axborotni himoyalashning yangi usullarini joriy qilish imkoniyatlari bilan ta'minlayapti va albatta, bu jarayonning kuchli katalizatori bo'lib umumfoydalaniladigan Internet kompyuter tarmog'ining juda kuchli rivojlanishi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko'p qo'llanilayotgan soha bu - kriptografik usullardir. Lekin, bu yo'lda kompyuter viruslari, «mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta'siriga bog'liq ko'p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter steganografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo'lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo'li bo'lar edi, chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo'qotish mumkin.

Kriptografiya nuqtai - nazaridan shifr - bu kalit demakdir va ochiq ma'lumotlar to'plamini yopiq (shifrlangan) ma'lumotlarga o'zgartirish kriptografiya o'zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.

 Kalit - kriptografiya o'zgartirishlar algoritmining ba'zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo'lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko'rsatkich bo'lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.

Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar quyiladi:

· etarli darajada kriptomustaxkamlik;

· shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;

· axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;

· shifrlashdagi kichik xatolarga tasirchan bo'lmasligi.

· Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:

· o'rinlarini almashtirish;

· almashtirish;

· gammalashtirish;

· analitik o'zgartirish.



Download 262.5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 262.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji

Download 262.5 Kb.