61
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potensial imkoniyatlarini
tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki,
ishlab chiqarish quvvati
– bu ma’lum
bir vaqt
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning
maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining
natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida
turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlilining quyidagi
turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- ishlab chiqarish quvvatlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi;
- texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan
foydalanishning qiyosiy tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning xarajatlarga ta’sirining
tahlili;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning ishlab chiqarish
samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy)
sexlar quvvati bilan,
sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini
belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma
(normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va
xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil
oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati
62
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi.
Qayta tiklash, kengaytirish va texnik
jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu
sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan
solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini
tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv,
quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga
asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari
muhim ahamiyatga ega
bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
M = n F
max
/ M
m
.
Bu yerda:
M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish
quvvati;
n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
F
max
–bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat;
M
m
–bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini
hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab
turadi. Korxona quvvati asosiy
ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va
aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin
bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash
natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda
foydalanishning darajasini
aniqlaydi.
Demak, ular o’rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona
ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa,
63
ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan
quvvatlarga mos
kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi
formuladan hisoblab topiladi:
M
o’r.yil
= M
n
+ M
v
· n
1
/ 12 + M
l
· n
2
/ 12.
Bu yerda:
M
o’r.yil
– korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
M
n
– korxonaning yil boshidagi quvvati;
M
v
– yil mobaynida kiritiluvchi quvvati;
M
l
– yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat;
n
1
, n
2
– ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab
chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq
bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish
quvvatlari balansini
tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni
ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.