Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

4.4. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish 
vositasi sifatida 
Investitsiya
lotincha “investire” (kiyintirish, yasantirish), nemischa 
“investition” so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga 
kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investor - omonatchi so’zi 


77 
kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investorlar 
qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh 
mablag’ini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi. 
Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo’yicha amaliy 
faoliyatlar majmuasi 
investitsion faoliyat
deb yuritiladi. Asosiy fondlarni ishga 
tushirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish kapital qurulish deb yuritiladi. 
Investitsiya
- bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag’ qo’yish. U pul 
mablag’lari, kredit, qimmatbaho qog’oz shaklida olib boriladi va ko’chma, ko’chma 
bo’lmagan mol-mulkga, intellektual mulkga, ne’matlarga bo’lgan huquqga va 
boshqa qiymatliklarga qo’yiladi, ya’ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi. 
Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan 
moliya muassasalari orqali o’zaro aloqada bo’ladigan mulk egalari bilan sarmoya, 
qarz oluvchilari o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog’ozlari deb yuritiladi. 
Moliya bozorida qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar; 
depozit sertifikatlari; veksellar; varrantlar va hokazolar ham muomalada yuradi. 
Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini 
moddiy farovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. 
Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini 
oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko’paytirish uchun qo’yiladigan mablag’. 
Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish 
haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga 
tushumlarni ko’paytirishni ta’minlaydi. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag’larni 
jamg’arishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan investitsiya moliyaviy resurslarni 
daromad (foyda) olish uchun to’plashni ko’rsatadi. Buxgalteriya hisobi nuqtai 
nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan kapital 
xarajatlarni birlashishini ifodalaydi. 
Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi: 


78 
1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar 
uchun. 
2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish. 
3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy. 
4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy. 
5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda, 
sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar). 
6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni 
yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi 
mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun. 
7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan 
to’g’ri yoki bevosita; portfel. 
Тo’g’ridan to’g’ri yoki bevosita investitsiyalar - chet el kapitalini to’g’ridan-
to’g’ri kiritilishini bildirib, investorga ushbu korxona ustidan nazorat qilish huquqini 
beradi. Investitsiyani ushbu turi transkontinental (boshqa qit’a kontinentga sarmoya 
kiritish), kapital qo’yilmalari hamda transmilliy (qo’shni davlatlarga kapital 
chiqarish sifatida amalga oshiriladi) kapital qo’yilmalar sifatida namoyon bo’ladi. 
Portfel investitsiyalar litsenzion va franchayzing kelishuvlari, marketing 
xizmati haqidagi kontraktlar asosida tashkil qilinsa korxonalarni boshqarish 
huquqini beradi. 
8. Amal qilish muddati bo’yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar 
mavjud. 
9. Kelib chiqish hududi bo’yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar. 
10. Тavvakalchilik darajasi bo’yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va 
tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar. 
Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi 
bo’lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi. 
Annuitet asosan sug’urta va pensiya jamg’armalariga mablag’ qo’yishni anglatadi. 
Investitsiya muassasalariga moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalari 
(dillerlar), investitsiya sohasi bo’yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan 


79 
iborat bo’lib, ular investitsiya bo’yicha vositachilik, qimmatli qog’ozlarni 
chiqarishni yo’lga qo’yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo’yicha 
kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish