Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

 
4.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari 
Aylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash - sanoat 
korxonalarining muhim vazifalaridan biridir. Хom ashyo, yonilg’i, yordamchi 
materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini 
ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini 
ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi. 
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va sanoat korxonalari ishini tahlil 
qilish uchun har bir sanoat tarmog’ida moddiy resurslardan samarali foydalanish 
darajasining turli xil ko’rsatkichlari ishlatiladi. Ular ishlab chiqarishda moddiy 
resurslardan foydalanish shart-sharoitlarini to’liq aks ettiradi va ishlab chiqarish 
iste’molining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Хom ashyoga birlamchi ishlov 
beradigan tarmoqlarda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi: 


73 
- boshlang’ich xom ashyoda foydali modda miqdori (rudada oltin, lavlagida 
shakar miqdori va hokazo); 
- boshlang’ich xom ashyodagi foydali moddadan foydalanish darajasi va xom 
ashyoga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan yo’qotishlar foizi; 
- yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish. U yaroqli mahsulot hajmini 
boshlang’ich xom ashyo hajmiga bo’lish bilan, shuningdek foizlarda (natijani 100 
ga ko’paytirish kerak) hisoblanadi. 
Yaroqli mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichi uning yakuniy miqdorini 
baholashda xizmat qiladi. Masalan, rudadan 20% mis olindi, lekin bu rejadagi ishlab 
chiqarish 100% ekanligini bildirmaydi. Misni rejadagi ishlab chiqarish 23% bo’lishi 
mumkin, bu rudada misning haqiqiy miqdorini ifodalaydi. 
Qora metallurgiyada po’lat eritishda temirdan foydalanish balans usuli bilan 
hisoblanadi. Тemir balansining kirim qismida xom ashyo xarajatining elementlari va 
miqdorlari ko’rsatiladi (turli xil ruda, lam, strujka). Хarajat qismida olingan 
mahsulot, yo’qotishlar va chiqindilarning turlari va miqdorlari aniqlanadi (turli xil 
chuyan, shlak, ugar va hokazo). Po’lat eritish bo’yicha temir balanslari va prokat 
ishlab chiqarish bo’yicha metall balanslari ham shunday hisoblanadi. Bu balanslar 
sarf-xarajat koeffitsiyentlarini aniqlash imkonini beradi. Bu koeffitsiyentlar 
sarflangan materiallar og’irligining yaroqli mahsulot tonnasiga nisbatini ifodalaydi. 
Mashinasozlik tarmoqlarida aylanma fondlarning asosiy elementi - metalldan 
foydalanish darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlari qo’llaniladi. 
Mashina va mexanizmlarni yasash bosqichida mashinaning nisbiy metall 
sig’imi ko’rsatkichi (mashinaning nisbiy og’irligi) O
n
hisoblanadi. 
𝑂
𝑛
=
𝑅
𝑠.𝑜.
𝑀
𝑞𝑢𝑣.
Bu yerda: R
s.o.
- sof og’irlik, u metall detallar va mashina qismlari 
og’irligining yig’indisiga teng, t, kg; 
M
quv
– mashinadan asosiy foydalanish tavsifi birligining miqdori (traktor 
quvvati - ot kuchi; avtomobilning yuk ko’taruvchanligi - t). 


74 
Kimyo sanoatida aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini 
hisoblaganda o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Kimyo sanoati tarmoqlarida, 
(shuningdek moddalarga kimyoviy yo’l bilan ishlov beradigan ishlab chiqarishlarda) 
ko’p hollarda “mahsulot sof og’irligi” tushunchasi yo’q. Bu tarmoqlarda kimyoviy 
texnologiya xususiyatlari sababli ko’pincha boshlang’ich xom ashyolardan hech biri 
tayyor mahsulot tarkibiga o’zining asl ko’rinishida kirmaydi. Shu sababli kimyoviy 
jarayonga yoki ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga materiallar xarajati 
tasdiqlangan texnologiyaga (retsepturaga) muvofiq belgilanadi va nazariy deb 
ataladi. Materiallarning nazariy xarajatiga chiqindilar va qaytarilmaydigan 
yuqotishlar kirmaydi. 
Kimyo sanoatida materiallardan foydalanish ko’rsatkichi bo’lib muayyan 
kimyo mahsuloti birligini ishlab chiqarishga yoki kimyoviy jarayonga materiallar 
nazariy xarajatining iste’mol qilinadigan materiallarning haqiqiy sarfiga nisbati 
hisoblanadi. Haqiqiy xarajat nazariy xarajatdan kimyoviy jarayonlarda vujudga 
keladigan yo’qotishlar kattaligiga ko’pdir. Haqiqiy va nazariy xarajatlar o’rtasidagi 
farq qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik taraqqiy bo’ladi. 
Aylanma mablag’larni normalash
N
am
quyidagicha ifodalanadi: 

Download 4,58 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish