76
Bir aylanish davomiyligi:
360:5=72 kun va 360:5,54=65 kun demakdir.
Aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsiyenti
:
120:600 = 0,2 so’m va 110,5:612 =0,18 so’m.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi samarasi ulardan
foydalanishning yaxshilangani tufayli ularga bo’lgan talabning kamayishida,
ularning bo’shatilishda namoyon bo’ladi.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda
korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo’llar bilan erishiladi:
- ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira
normalarini joriy etish;
- xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning
iste’molchilarga yaqinlashuvi;
- moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va
uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish;
- omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Muomala bosqichida esa mahsulot iste’molchilarini uni ishlab
chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita
aloqalar bo’yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot
tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga
muvofiq jo’natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi
bo’yicha tanlash.