59
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonlarda asosiy fondlarni
yangilashga ketadigan xarajatlarni qoplashning asosiy manbai ularning o’z
mablag’lari hisoblanadi. Bu mablag’ asosiy fonddan foydalanish mobaynida
amortizatsiya ajratmasi shaklida jamg’ariladi.
Amortizatsiya
- asosiy fondlar eskirishini mahsulotning
ishlab chiqarish
tannarxiga qismlab o’tkazish yo’li bilan yig’ilib boriladigan pul mablag’laridir.
Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O’zbekiston Respublikasini
qonunchiligiga ko’ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq
bo’lgan va foydalanish muddati 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Yer uchastkalari,
qazilma boyliklar, o’rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya
ajratmasi so’mmasi
asosiy fondning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va
modernizatsiya xarajatlariga bog’liq.
Amortizatsiyaning yillik so’mmasini asosiy fondlar qiymatiga nisbatan
foizlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy
fondlar yiliga o’zining balans qimatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish
tannarxiga qo’shayotganligini bildiradi.
Amortizatsiya normasini hisoblash quyidagi formula bo’yicha
amalga
oshiriladi: