Uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi
Asosiy fondlar
- bu moddiy (ashyoviy) boylik bo’lib, o’zining tabiiy
ko’rinishi, uzoq vaqt mobaynida o’zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab
chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o’tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika
bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning
qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog’liq. Asosiy
fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy
xarakter bag’ishlaydi va jamoaning madaniy – texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish
samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o’sishni taminlovchi barcha omillar ichida
asosiy o’rinni egalaydi.
Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi.
Ularning 65% dan ko’prog’i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri keladi.
UZOQ
MUDDATLI
AKTIVLAR
Asosiy
fondlar
Nomoddiy
aktivlar
Kapital
qo’yilmalar
Uzoq
muddatli
moliyaviy
qo’yilmalar
53
Ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va boshqa ijobiy o’zgarishlar
sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va
uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi. Bunday
hollar ro’y berganda korxona shartnoma asosida o’ziga kerakli bo’lgan asosiy
fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga
oluvchi o’rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease
- ijara).
Asosiy fondlarning umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo’yicha
o’zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda
amaliyotda foizlarda o’lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari
tuzilmasining, birinchi o’rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni
ko’paytirishga yo’naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo’lishi lozim.
Ularning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori
shunchalik katta bo’ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital
qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va
qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish
bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham
katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda
va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta
korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar
harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning
yoshi, birinchi o’rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo’yicha guruhlashda taxminan
quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan
15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va
uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo’lsa, korxonaning ishlab
54
chiqarish quvvatlari shunchalik past bo’ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib
qolish va talofatlar ko’payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-
uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko’p
xarajatlar sarflanadi.
|