12.3. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari – bu ishlab chiqaruvchi va ayrim
shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va ruhiy xususiyatlariga ta’sir etish bilan
boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullarini qo’llash korxonada
yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nerv tizimsi
kayfiyatiga ta’sir etuvchi ruhiy (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab
chiqarish sharoitida
sotsiologiya
kishilar ijtimoiy
aloqasi
shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu
jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari,
kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning
shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar,
kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi
oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi,
qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat
psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy
xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, dam olish tartibi, kadrlarni
tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining ruhiy jihatlari) faoliyatini
o’rganadi.
211
Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim
darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-ruhiy usullar ahamiyati xam ortib boradi.
Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o’zgarib
boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib ishlab chiqaruvchilarning
rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-ruhiy
vaziyat xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy
mexanizmni (o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslanadi.
Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va
manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro
majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish,
boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida xam qo’llaniladi.
Boshqaruvning ruhiy usullari jamoada maqbul ruhiy holat tashkil etish yo’li
bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Ruhiy
usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish,
malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va h.k.lar kiradi.
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruhdagi
ishchilar o’rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi.
Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musiqaning ruhiy
ta’siridan foydalanish, bir xil, o’zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni
kengaytirish tushuniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati – kishilarning ruhiy xususiyatlari ularni
bajaruvchi ishlariga eng mos bo’ladigan qilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruhiy
xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va mayllari, qobiliyati, temperament va
xarakteri kiradi. Shu sababli, rahbar shaxsga rahbarlik qilganda o’z oldiga inson
212
ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini o’rganishi, uning qiziqish va
qobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini qo’yishi kerak.
Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo’lmaydi,
chunki kishi qobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon
bo’ladi. Insonning ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini shakllantiradi. Insonning
qanday hayot kechirishi, nima bilan shug’ulanishini bilmay vujudga kelganligi, u
yoki bu narsaga qobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bo’lmaydi.
Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi mehnatga bunday
nuqtai nazardan qarashga to’g’ri kelmaydi: moddiy ehtiyojlar birlamchi bo’lib, ular
qoniqqandan so’ng nisbatan yuksak insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi.
Inson faoliyati ma’lum rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib,
ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag’batlantiruvchi omil – maqsad
munosabati inson faoliyati o’zagidir. Umumiy ma’noda rag’batlantiruvchi omil – bu
insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bo’lib, maqsad esa inson uni amalga
oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsadir. Rag’batlantiruvchi omil kishi
xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa rag’batlantiruvchi omil
ajratiladi. Agar inson faoliyatini rag’batlantiruvchi omil va o’z oldiga qo’ygan
maqsad yaqin kelajakka mo’ljallangan bo’lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq
istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag’batlantiruvchi omil darajasi
bilan insonning mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo’lgan
munosabati uzviy bog’liqdir. Faqat uzoq muddatli rag’batlantiruvchi omil mehnatga
ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir.
Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi
omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir.
Bu ayniqsa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish
lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda muhimdir. Rahbar ishini kim va qachon qaysi
skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishini o’rgangan, kim noto’g’ri
chalishi mumkinligi, kimni qaysi yerga qo’yish kerakligini bilishi lozim bo’lgan
dirijer mehnati bilash solishtirish mumkin.
213
Kishi ruhiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z
kasbidan qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishga, xato qilish ehtimoli
ortishiga va natijada mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar
inson o’z qobiliyatini to’liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z
mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori
bo’ladi.
Inson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri. Unga juda
ko’p narsa: umumiy ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqali
namoyon etish, o’z malakasi bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari xurmatiga sazovor
bo’lish va x. k. lar xam muhimdir. Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka
boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat
iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar.
Izlanishlar mehnatga nisbatan munosabatga ta’sir etuvchi rag’batlantiruvchi
omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko’rsatdi: mehnat mohiyati, ish xaki,
yuqori lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil
etish, ma’muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.
|