214
qamrab oladi.
U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo’lib,
kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati o’suvchan, o’zgaruvchan, chunki xozirgi avlod avvalni
avlodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosidagina yanada rivojlanishi
mumkin.
O’zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakllanib, uni
saqlash, rivojlantirish ko’p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli insonlari -fan,
adabiyot, san’at arboblari vazifasidir.
Inson xayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan
jamlangan madaniy boylikka ega bo’lishi, shu jumladan boshqaruv madaniyatini
egallashdir.
Menejment madjaniyati juda muhimdir. Insoniyat o’z
rivojlanish jarayonida
juda katta menejment tajribasini jamlagan. Bozor sharoitida bu tajriba boshqaruv
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va
rivojlanishi, avvalo boshqaruv madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog’liqdir.
chunki, menejment yo’llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yo’li
bilan, ularning eng yaxshilari jaxon tajribasida qo’lanishi uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo’lish bilan birga
qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo’lish menejer uchun
faqat zarur emas, balki shartdir, chunki har bir tashkilotning har bir bo’linmasi
samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo’lishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa,
menejerlar madaniyatini,
menejmentjarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks
ettiruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi. menejment madaniyati unsurlarining
turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman meyorlarga,
jumladan, axloqiy,
xuquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik meyorlarga rioya qilish zaruriyatini
keltirib chiqaradi.
Axloqiy meyorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to’g’ri tushunish, kishi o’rtasida insoniy munosabat
va o’zaro xurmat, vijdonlilik, xaqiqatgo’ylik, kamtarlik va x.k. lar kiradi. Boshqaruv
215
jaaryonida axloqiy meyorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan
dalolat beradi.
Menejmentda xuquqiy meyorlar davlat-xuquqiy va tashkiliy-xuquqiy meyoriy
xujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga daslvt korxonasi to’g’risida qonun,
tadbirkorlik xaqida, mulk to’g’risida qonunlar kiradi. Lekin qonunlar xar bir
korxonaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir
korxona,
qonunga asoslangan xolda, korxonada ishlab chiqarishning o’ziga xos
xususiyatlarini xisobga oluvchi meyoriy qoidalar o’rnatiladi.
Iqtisodiy meyorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo’lgan
iqtisodiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya-kredit meyorlari,
ssudalar olish tartibi, amortizatsiya meyorlari, maxsulotning xisoblangan bahosi,
foyda meyori,
rentabellik meyori, fondlar uchun to’lovlar, byudjetga to’lovlar,
iqtisodiy rag’batlantirish meyorlari kiradi.
Тashkiliy meyorlar tashkilot tarkibini, alohida bo’linma va shaxslar faoliyati
tarkibi va tartibini ichki tartib faoliyat turlarini, xodimlar vazifalarini, axborotni
qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi.
Estetik talablar va meyorlar ham boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan texnika
vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o’rab
turuvchi tashqi muhit
uchun belgilanadi.
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari 12.1-chizmada tasvirlangan.