230
samarasiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
–
Rahbariyatning yoki guruhning shaxsiy xislatlari;
–
Qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta’minoti;
–
Тashkiliy omillar (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish,
usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, nazorat
tizimi va h.k.);
–
Тexnik omillar (EHM texnik vositalaridan foydalanish va h.k.);
–
Qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik
omillar.
Bundan kelib chiqqan holda, boshqaruv qarorlariga asosiy talablar
quyidagilardir:
1.
Qarorning ilmiy asoslanganligi. Qarorlarni muayyan ishlab chiqarish sharoitini
tahlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hozirgi zamon fan
yutuqlari asosida qabul qilinishi kerak.
2.
Qarorlarning birligi. Odatda asosiy masalalarni hal qilish bilan birga kichik
masalalarni ham yechishga to'g'ri keladi.
3.
Qarorlarni adolatliligi — haqqoniyligi. Qarorlar faqat rahbarlarga berilgan
huquq darajasidagina qabul qilinishi mumkin.
4.
Qarorning to'g'ri yo'naltirilganligi. Har qaysi qaror o'z ijrochilariga tushunarli va
kimga mo'ljallanganligi aniq bo'lishi kerak.
5.
Qarorlarning qisqaligi. Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa
aniq qarorlar qabul qilinadi.
6.
Qarorlarning vaqt bo'yicha aniqligi. Rahbar o'z qo'li ostidagilarga
topshiriqlarning bajarish muddatini aniq ko'rsatmasdan berishi mumkin emas.
7.
Qarorlarning operativligi. Bunday qarorlar bir daqiqada, ya'ni ishlab chiqarish
holati talab qilganda qabul qilinishi mumkin.