231
mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda,
iqtisodiy
tahlil, eksport baholarni kabi usullardan foydalanishdan rahbar faoliyat harakatinnig
ketma-ketligini umumiy sxemasi mavjud, uni bilish konkret qarorlini ko’rib
chiqishga yordam beradi. Qaror qabul qilishdan oldin rahbar quyidagilarni aniqlab
olish shart.
1.
Harakat maqsadi va unga erishish yo’llari.
2.
Muammoning muhim taraflarini;
3.
Kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini;
4.
Bajaruvchilarning vazifalarini;
5.
Vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini.
Тashkilot faoliyati bilan bog’liq boshqaruv qarorlari bevosita rahbar
tomonidan
ishlab chikiladi, bu qarorlar tashkilot mezoni va qonunchilikka zid
kelmasligi kerak. Jamoa «soveti» qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqilishining
barcha bosqichlarida faol ishtirok etadi. Har bir murakkab qarorlarni qabul qilish
jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.
Maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yig’ish;
2.
Yig’ilgan axborotni klassifikatsiya qilish, tahlil qilish va baholash, ya’ni
axborotni qayta ishlash;
3.
Qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;
4.
Variantlarni tahlil qilish, muhokama qilish va baholash;
5.
Oxirgi va optimal (maqbul)
variantni qabul qilish;
6.
Har bir qarorni kerakli shaklda hujjatlashtirish;
7.
Qarorlarni tasdiqlab (muhrlab) qo’yish;
8.
Qarorni bajaruvchiga yetkazish;
9.
Qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
10. Qaror bajarilishining nazorati va hisobi.
Har bir bosqichni alohida ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqichda kollektivdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni tahlil qilish
asosida amalga oshadi. Bu bosqichda rahbar va kollektiv orasidagi o’zaro
munosabatiga bog’liq, rahbarni bu bosqichda ishlab
chiqarish uzluksizligini
232
ta’minlash maqsadida rahbar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga katta
e’tibor berishi kerak;
Ikkinchi bosqichda yig’ilgan axborot klassifikatsiyalanadi, tahlil qilinadi va
baholanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bo’lib malaka, bilim va tadbirkorlikni
talab qiladi;
Uchinchi bosqichda axborotni yig’ish
davom etib, uning haqiqiy
imkoniyatlari baholanib, bir necha o’zaro almashuvchan variantlar, ya’ni
alternativalar ishlab chiqiladi. Alternativ variantlar mas’ul
shaxslar tomonidan
ishlab chiqilib bevosita rahbar nazorati ostida bo’ladi.
Тo’rtinchi bosqichda alternativ qarorlarning tahlili va xar tomonlama
muhokamasida qarorlar ishlab chiqiladi. Qanchalik alternativ ko’p bo’lsa,
shunchalik qarorni optimal variantini tayyorlash samarali bo’ladi. Boshqaruv
qarorlarning turli variantlarini tahlil va baholash odatda ularning tahlili va hisobini
EHMda taqqoslash orqali keladi. Keyin diqqat bilan xar bir variantning baxosini
ko’rib chiqishadi, shuning asosida oxirgi va optimal variant tanlanadi (5-bosqich).
6-7-bosqichlarda, shuningdek kam ahamiyatli mazmunga ega bo’lgan,
tanlangan qarorni aniq tasvir beriladigan bosqichdir. Bu jarayonda hujjatning ikki
qismi ko’rib chikiladi: analitik va konstruktiv. Analitik qismida muammoni kelib
chiqish
sabablari, konsruktivlikda esa muammoni yechish uchun vositalar va
resurslar, asosiy yo’llar va uslublar ko’riladi. Qaror ishbilarmon xususiyatiga ega
bo’lishi kerak. Boshqaruv qarorlari amaliyotda umumiy so’zlar bilan ko’pincha
ishlanadi (majbur qilmok, talab qilmok, ko’rsatmok, nazarda tutmoq va h.k.).
Oxigi va eng zarur bosqichlar - bu 8,9 va 10 bosqichlar bo’lib, ular qabul
qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liqdir. Boshqaruv
qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonini aniq tizimli yondashishni nazorat
qilishni talab kiladi:
–
axborotning yagona kompleks tizimini yaratish. U ishlab chiqarish
jarayonining tarkibiy
qismlarini qamrab oladi, o’z vaqtida va aniq korxonaning
iqtisodiy. Ijtimoiy-ruhiy axvolini tavsiflash;
-
muammolarni yechishni tezlashtirish, chunki iqtisodiy va ijtimoiy-
233
ruhiy muhitlar uning o’zgarishi bilan bog’liqdir;
–
alohida bo’lmagan va shu bilan birgalikda
barcha variantli yechimlar
tahlili;
–
ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan kuchlarni aniqlashgina emas, balki ular
samaradorligini ham;
–
tahlil qilish uchun tezkor, hisob-kitob va statistikadan foydalanish (13.1-
chizmaga qaralsin).