Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

14.2. Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti 
Bizga ma’lumki, inson psixologiyasini o’rganish juda murakkab masaladir. 
Rahbar jamoa a’zolarini o’ziga qarata olishi, ular bilan til topisha olishi bu katta 
san’atdir. Shuning uchun rahbar kuchli psixolog bo’lishi lozim. Shu sababli 
rahbarning asosiy maqsadi va vazifalari jamoalarda ijtimoiy-ruhiy iqlimni 


247 
yaxshilashi lozim. Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko’pchiligi ishlab 
chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish sharoitida o’ziga 
bo’ysinuvchi jamoa a’zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish 
sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. 
Ijtimoiy-ruhiy vaziyat
- bu korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir qiluvchi 
ko’pgina omillarning ta’siridan keladigan jamlama samaradir. U mehnat qilish 
jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy aloqalarida 
o’z ifodasini topadi. Bu munosabatlarning normal vaziyati har bir xodimga o’zini 
jamoaning bir zarrasi deb his qilish imkonini beradi, uning ishga bo’lgan qiziqishini 
va zarur ruhiy kayfiyatini ta’minlaydi, yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarga 
adolatli baho berishga undaydi. 
Jamoaning ijtimoiy-ruhiy vaziyati uchta asosiy tarkibiy qismdan iboratdir: 
xodimlarning jamoaga ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishlari va ahloqiy 
tarbiyalanganligidir. Bu tarkibiy qismlar insoniy muomalaning eng nozik torlariga, 
aql-idrok, iroda va his-tuyg’ularga taalluqli bo’ladi, ko’p jihatdan shaxsning foydali 
ishiga, ijodiy faoliyatiga, boshqalar bilan hamkorlik qilishi va jipsligiga yordam 
beradi. Ijtimoiy-ruhiy vaziyat xodimlarning birgalikda mehnat qilishi va bir-
birlariga munosabatini ifodalab, birinchi o’ringa shunday sabablarni, chunonchi, 
moddiy rag’batlantirish va iqtisodiy foyda kabi omillarni qo’yadi, va natijada, 
xodimni rag’batlantiradi, unda kuch-quvvatning ortishini yoki pasayishini, 
mehnatga g’ayratini yoki unga qiziqmaslikni, ishdan manfaatdorligini yoki 
befarqligini ifodalaydi. 
Demokratlashtirish, oshkoraliq hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha 
eski uslublarga chek qo’yildi. Hozirgi sharoitda rahbar faqat o’z sohasini yaxshi 
bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, psixolog, tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi 
bo’lmog’i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, 
pedagogika fanlarini mustaqil egallashi lozim. Buni hayotimizdagi jiddiy 
o’zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o’z-o’zini boshqarish 
sharoitida ular bilan ishlashni taqozo etadi. Jamoaga a’zo bo’lgan har bir shaxsning 
qalbiga yo’l topa bilishi rahbarning ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. 


248 
Rahbar, ayrim xarakteri og’ir, ishchilar bilan alohida ishlashi va ularga 
boshqacha yondoshishi, ya’ni ish natijasini yomon baholashga shoshmasligi va shu 
asosda ularga xayfsan e’lon qilishi yoki jazolashi noto’g’ridir. Yaponiya ilmiy 
maktabida shunday deyiladiki, samarali mehnatni amalga oshirish uchun ishchilarni 
koyish o’rniga ularni ikki barovar maqtashi lozim. Insonlarni shaxsiy qiziqishini 
hisobga olishi rahbar va tashkilotchining samarali faoliyat olib borishining sharti 
hisoblanadi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishda rahbarning murakkab vazifasi, ya’ni davlat, 
jamoa va shaxsning qiziqishlarini birlashtirishni bilishi lozim. Bundan tashqari u 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy 
rag’batlantirishni to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim. 
Sex rahbarlari, ustalar ishchilarning qiziqishlarini tushunib yetishishlari, 
ularda bo’lib turadigan muammolarni o’rtoqlarcha hal qilishlari, qilgan xatolarini 
yo’li bilan tushuntirishlari, hamda ularning ish natijalariga to’g’ri baho berishlari, 
uy sharoitlaridagi kamchiliklariga yordam berishlari, ularni ruhan ko’tarinlikka olib 
keladi va rahbarga nisbatan hurmatini oshiradi. Albatta, shundan so’ng har bir ishchi 
o’z ishiga mehr qo’yadi va berilgan vazifalarni sifatli qilib bajarishga harakat qiladi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish