Rahbarlikda hokimiyat va sardorlik, boshqaruvda jamoaning ishtiroki




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

 
14.3 Rahbarlikda hokimiyat va sardorlik, boshqaruvda jamoaning ishtiroki 
Har qanday guruh tuzilishiga ko'ra a'zolari nufuzi va statusining o'ziga xos 
darajasini aks ettiradi. Bu iyerarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruh 
joylashadi. Har guruh o'z yetakchisiga ega bo'ladi. U sardor deyiladi. 
U guruhni qolgan barcha a'zolari uchun o'zining manfaatlariga daxldor 
bo'lgan hamda butun guruh faoliyatining yo'nalishini va xarakterini belgilab 
beradigan shaxs bo'lib, eng mas'uliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb 
hisoblanadi. Shunday qilib sardor guruhning eng muhim muammolariga qiyosan 
undagi eng ko'proq darajadagi referentlik egasi bo'lgan shaxsdir. Sardor rasman 
guruhning rahbari bo'lishi ham va aksincha bo'lmasligi ham mumkin. Sardor bilan 
rahbarlikni yagona bitta shaxsga to'g'ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-
yu, agar bunday muvofiqlik bo'lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligini 


249 
rasmiy rahbar bilan norasmiy sardor yoki sardor o'rtasidagi munosabatlar qay tarzda 
yuz berishiga bog'liq bo'ladi. 
Boshqaruv rahbarlari boshqarishni qulay tashkil qilishda ma'lum darajada 
hokimiyat (vlast)ga ega bo'lishi kerak. Boshqaruv tizimida rahbarning faoliyatiga 
alohida o'rin berilib, ularga o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun huquqlar berilib, 
bunda ularning funksiyalari va mas'uliyati uchta toifaga umumiy taqsimlangan. 
Menedjmentda rahbarlar 3 ta iyerarxiya darajasiga ega bo'lib, ular quyi, o'rta, oliy 
bo'g'inlaridir. Ularning hokimiyatlari shtat jadvali orqali belgilangan bo'lib, u 
tashkilot kadrlari tizimining rasmiy asosini tashkil etadi. 
Rahbarlikda hokimiyatni amalga oshirish quyidagicha turlarda bo'lishi 
mumkin: 

rahbar-ma'muriyatchi (administrator); 

rahbar-qayta quruvchi; 

rahbar-yaratuvchi. 
Ilgari foydalanilgan rahbarlikdagi hokimiyat turlari hozirgi firmalar tushib 
qolgan sharoitga to'g'ri kelmay qoldi. Natijada rahbarlikdagi hokimiyatga 
o'zgartirish kiritish davr talabiga aylanib qoldi. U o'zgartirishga, yangiliklar 
kiritishga, tadbirkorlikka va tavakkalchilikka ko'nikmaslikka asoslangan bo'lib, 
ma'lum vakolatlarga ega bo'lishni taqozo etadi. Namunali kompaniyalar, bir dengiz 
ofitseri tomonidan aytilgan: «Bizning flotda kapitan unvonidan past har qanday 
kishi yetilmagan deb hisoblanadi», — degan aqidani inkor etadi. Ular 
tasdiqlaydilarki: Ishda, insonlarga tayanishda muvaffaqiyatga faqat bitta kalit bor 
— u ishonchdir. Kishilarga hurmat bilan qarash, ularning qadr-qimmatini e'zozlash, 
qadriyatlarini 
hisobga 
olish, 
kompaniyaning 
boshqalardan 
afzalligiga, 
unumdorligiga, iqtisodiy o'sish va foydaga hamda tashkil topgan kompaniya 
an'analariga ishonch yo'li bilan bo'ysunuvchilarga ta'sir ko'rsatiladi. Ular kundalik 
hayotda, ishda, suhbat sharoitida, shuningdek rasmiy va norasmiy aloqalar orqali 
xodimlarga singdirib boriladi. Rahbarlikda hokimiyat hozirgi sharoitda xo'jalik 
mexanizmini yanada takomillashtirishga zamin yaratadi, natijada islohotlar asosida 
xo'jalik mexanizmi zamon talablariga moslashib boradi. 


250 
Sherikchilik tamoyillariga asoslangan hissadorlik jamiyatlari ishchilarining 
boshqarish va foyda taqsimlashda qatnashishi turli shakllarini amalda sinab 
ko'rmoqda. Eng asosiysi zamonaviy yirik ishlab chiqarish sharoitida xodimlarning 
malakasi va o'z-o'zini anglashi, boshqarish va qarorlar qabul qilishda qatnashishni 
obyektiv talab qiladi. Endi ko'pchilik hollarda hamkorliksiz, kooperatsiyasiz, 
menejer va mulk egasining sheriklik munosabatisiz ishlab chiqarishni boshqarish va 
mehnat unumdorligini oshirishga erishish qiyin bo'lib qoldi. Shuning uchun 
mikrodarajada xo'jalik tashkil qilishning qulay shakli hissadorlik kompaniyalari 
hisoblanib, unda aksiyaning ma'lum qismiga ishchilar ega bo'lib, xodimlar bilan 
birgalikda boshqarishda qatnashadilar. Bu shuning bilan tasniflanadiki, hozirgi 
zamon sharoitida ishchilarda yangi hayotiy, o'zini ijodiy realizatsiya qilishga 
intilish, qaror qabul qilish va uni amalga oshirishda mas'uliyatni yuklanishi, ijtimoiy 
himoyalanganlik va ishlab chiqarish unumdorligi oshishi bilan hayot darajasining 
yuksalishi kabi qadriyatlar paydo bo'ldi. Shuning uchun sheriklik munosabatlarini 
rivojlantirish qonuniyat tusiga kirib, barcha rivojlangan mamlakatlarda 
qo'llanilmoqda. Mehnat jarayonining murakkablashib borishi bilan ishchi 
boshqarish obyekti bilan ishlab chiqarish subyektiga aylanadi. Ishlab chiqarishda 
demokratiyalash g'oyasi barcha ijtimoiy guruhlar ishchilar va xizmatchilardan 
chiqqan edi. Kasbiy malaka darajasi maxsus ma'lumotli ishchining umumiy 
madaniyati, unda boshqarishda va qaror qabul qilish jarayonida qatnashish 
ehtiyojini 
yaratadi. 
Ishlab 
chiqarishning 
demokratiyalashuvi 
ishchilar 
manfaatlarigagina javob berib qolmay, uning rentabelligini ham yuqori qiladi. 
Rivojlangan mamlakatlar Amerika, Yaponiya, Germaniya, Angliyada 
ishchilar boshqarishdagina qatnashib qolmay, direktorlar kengashida ham 
o'zlarining vakillariga ega. 
Sardorlik usullari. Ma'lumki iyerarxiya zinapoyasining eng yuqorisida guruh 
sardori joylashadi. Sardor o'zida intiluvchanlik, qat'iylik, mas'uliyatni bo'yniga olish, 
ma'lum guruhlar faoliyat yo'nalishini o'zgartirishi, boshqarishi, yangiliklar bo'yicha 
qaror qabul qilishi, kelajakni ko'rish kabi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. 
Shunday qilib, sardor ko'rinishi boshqarishga moyillik va mustaqil o'rganish 


251 
xislatlarini o'zida aks ettiradigan ma'lum xulqiy jarayonni ifodalaydigan shaxsdir. 
Bu o'zgarishga qaratilgan doimiy, maqsadli va tashkiliy izlanish, resurslarni 
kamroqdan ko'proq, unumdor ishlab chiqarish doiralariga ko'chirish qobiliyatidir. 
Ammo strategik isloh qilish alohida sardorni birdaniga paydo qiladigan holat 
natijasi emas. Bu o'ziga xos to'la oldindan aytib bo'ladigan, izchillikni o'zida 
mujassamlashtirgan davrdir. Sardorlar islohotlar davrida asosiy ta'sir ko'rsatish 
obyekti bo'lgan o'rta darajadagi boshqaruvchilarga, ular nima qarorga kelishini 
anglaguncha, ularga qarshi turishni ham bilishlari lozim. Ular hozirgi kundan 
yaxshiroq bo'lishni anglab tushunib yetmaguncha hech narsaga erisha olmaydilar. 
Sardor shunday ko'rinishni yaratishi kerakki, uni tashkilot a'zolarining 
ko'pchiligida qabul qilish zaruriyati tug'ilsin. 
Biz avval aytib o'tganimizdek sardorlar, ma'muriy islohotchi va yaratuvchi 
ko'rinishlarga bo'linib, ular o'z oldiga qo'ygan vazifalari va maqsadlarini ko'rishi 
bilan ajralib turadi. Hozirgi tez o'zgaruvchan bozor islohotlari sharoitida islohotchi 
sardorlarga ijtimoiy buyurtma ko'proq bo'ladi, chunki bu ko'rinishdagi rahbarlar 
kompaniyalarni tashqi muhitiga mos ravishda qayta tashkil qilishni texnik, siyosiy, 
madaniy muammolar uslubiy asosini yaxshi biladilar. 
Sardorlikda quyidagi usullar mavjud bo'lib ularga tayanib tashkilotni qayta 
isloh qilish mumkin: 
1.
Uddalash va ko'nikmalar yaratish usuli. Bunda subordinatsiya chizig'i: kim 
kimga bo'ysunadi, masalalar qanday taqsimlanadi va ajratiladi. 
2.
Qobiliyatlarni shakllantirish usuli. Tashkil qilish qobiliyati — bu alohida 
puxta bilim yoki raqobatda isbotlangan afzalliklar summasini ifodalaydi. 
3.
Halqani yangilash usuli. Bu — uddalash, puxta bilim va madaniyat kabi 
noyob uyg'unlikni tashkil qiluvchi kuchni birgalikdagi harakatga 
yo'nalishini tashkil qilish va rejalashtirish jarayonidir. 
Sardorlikda barcha omillar o'zaro bog'liqligini amalda ko'rish mumkin. 
Kompaniyalar boshliqni rahbarlik, xodimni esa — o'z individualligini sezish 
ehtiyojini mujassamlashtiruvchi uslubni amalga oshirishi kerak, chunki ma'lum 
ishni bajarayotgan kishi u ishni hatto sardordan ham yaxshi biladi, shuning uchun u 


252 
bu ishni boshqalarga qaraganda yaxshi takomillashtirishga qodir. Bunday 
yondashuvda sardor rahbarlikni amalga oshiradi, ammo ishchi ishini ma'lum 
darajadagi detallashuvida o'z ishini yaxshi biladi. Bunday usul «yo'naltiruvchi 
mustaqillik» deyiladi. Sardorlik tashkil qilishning yuqori bosqichida bo'lishi va u 
zaruriy yaxshilanish uchun mos muhit yaratishga harakat qilishi kerak. Bu 
ko'rinishdagi sardorlar tashkilotning barcha xodimlarini rag'batlantiradi, qo'zg'atadi, 
qo'llab-quvvatlaydi, ilgari yetaklaydi va ruhlantiradi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Rahbarlikda hokimiyat va sardorlik, boshqaruvda jamoaning ishtiroki

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish