• Mavzuning maqsadi
  •  4 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i d a x o d i m l a r n i




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/175
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #252719
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175
    Bog'liq
    Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

    1 4 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i d a x o d i m l a r n i
    b o s h q a r i s h v a u n i r a g ’ b a t l a n t i r i s h
     
    Mavzuning maqsadi:
    Тalabalarda ishlab chiqarish jamoasi, uning turli iqlimi 
    va muhitini asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar 
    orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 
    14.1 Ishlab chiqarish jamoasi va uning tashkil topishi 
    Ishlab chiqarish jarayoni

    bu kishilarning iste’mol uchun zarur bo’lgan 
    moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
    faoliyatidir.
    Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish 
    jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
    “Kollektiv” so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib butunlik, jamoa degan 
    ma’noni bildiradi. Ishlab chiqarish jamoasi deganda esa korxonalardagi rahbarlardan 
    tortib, to oddiy ishchi-xodimlargacha tushuniladi. 
    Ishlab chiqarish jamoasi korxona faoliyatini samarali olib borishga bevosita 
    ta’sir etadi. Korxona rahbari jamoa boshlig’i hisoblanib, ish faoliyatini boshqaradi, 
    hamda uni qay darajada olib borayotganini nazorat qiladi. 
    Jamoa orasida to’g’ri va teskari aloqa mavjud bo’lib, rahbar xodim jamoa 
    orasida har bir xodim bilan bo’lgan aloqasi to’g’ri aloqa deyiladi, ya’ni ularning ish 
    vaqtidagi, oila sharoitidagi holatlaridan xabardor bo’lgan holatda muloqotda bo’ladi. 
    Jamoa doimo bir-birlari bilan oqil, birdamlik, o’zaro yordam tamoyillariga 
    asoslangan holda aloqada bo’ladi. 
    Mehnat jamoasining tarkibiga maqsadlarning birligi, o’rtoqlarcha hamkorlik, 
    o’zaro yordam munosabatlari bilan birlashgan jamiyat o’z ixtiyoriga berib qo’ygan 
    zahiralardan jamiyat barcha a’zolarining farovonligini oshirish va har tomonlama 
    kamol topish manfaatlari yo’lida birgalashib foydalanish yo’llari bilan zimmalariga 
    yuklangan vazifalarni hal qilish uchun o’zlarining kuch g’ayratlarini ongli ravishda 
    yo’naltiruvchi xodimlar kiradi. 
    Jamoada xodimlar ishlab chiqarish jarayonini bevosita amalga oshiradilar. 


    245 
    Ishlab chiqarish jamoasi moddiy boyliklarni vujudga keltirish bilan bevosita 
    mashg’ul bo’lgan kishilarni birlashtiradi. 
    Ishlab chiqarish jamoalarini rivojlantirishni majmuiy rejalashtirish jamoaning 
    ijtimoiy tuzilmasida progressiv o’zgarishlar qilishga, mehnat sharoitini 
    takomillashtirishga, xodimlarning ma’lumoti va malakasini oshirishga, ularning 
    ijtimoiy-madaniy va uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilashga, ularga oliy darajada 
    xizmat ko’rsatish, ishchilarni huquqiy muhofaza qilishga rahbar javobgar 
    hisoblanadi 
    Mehnat jamoasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashar ekan, eng kam 
    sarf xarajat qilgan holda sifatli mahsulot ishlab chiqarishga, muayyan ish hajmini 
    bajarishga intilmog’i zarur. 
    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish korxona jamoalarining mehnat 
    faoliyatini faollashtirishga hamda boshlang’ich ishlab chiqarish bo’g’inlari-
    uchastkalar va sexlarni boshqarishni takomillashtirishga ko’p jihatdan bog’liq 
    bo’lib, ustalar bu vazifani hal qilishda muhim rol o’ynaydilar. 
    Ustalarni va sex boshliqlarining ishni yanada yaxshilash ishlab chiqarish 
    samaradorligini oshirishga hamda zahiralarni aniqlashga yordam beradi. 
    Ustalar va sex boshliqlarining ishini yanada yaxshilash, ishni muvaffaqiyatli 
    amalga oshirish uchun bo’linmalarning rahbarlari ishlab chiqarish samaradorligi 
    ko’rsatkichlarini hamda uni oshirishning asosiy yo’llarini chuqur tahlil qilishlari 
    zarur. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi darajasini to’g’ri belgilash ilmiy 
    rejalashtirishning zarur shart-sharoitlarini, xo’jalikni to’g’ri olib borish va ish 
    sifatini to’g’ri baholashning muhim sharti hisoblanadi. 
    Ishlab chiqarish samaradorligini belgilash uchun ko’rsatkichlarning shunday 
    tizimi bo’lishi zarurki, bu tizim boshqaruvning turli darajalarida ishlab chiqarishning 
    natijalarida baholashga bir xilda yondoshishni ta’minlashda hamda ishlab 
    chiqarishning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar qaysiki, ulardan har biri va 
    hammasini birga qo’shganda qanday ta’sir etadi, degan savollarga javob berishi 
    kerak. 
    Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi yordamida qancha iqtisod qilinganligini 


    246 
    o’lchash, hozirgi va o’tgan davrda mahsulot birligiga qilingan sarflarini taqqoslash 
    kelgusida qancha mehnatni tejash mumkinligini aniqlash mumkin. Biroq, 
    samaradorlikni birdan-bir ko’rsatkichi mehnat unumdorligi ko’rsatkichi emas, balki 
    mahsulot birligiga material, fond va kapital mablag’ sarfi ham katta ahamiyatga ega. 
    Bularning hammasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bir butun tizimni 
    tashkil etadi. Chunki ulardan har biri ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni turli 
    tomondan aks ettiradi. Zavod ichidagi bo’linmalarning faoliyatini baholash uchun 
    shuningdek samaradorlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Bo’linmalar 
    ishining natijalariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli sexlardagi ishlab 
    chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari umumzavod ko’rsatkichlariga muvofiq 
    kelishi shart.
    Shunisi muhimki, har bir ishlab chiqarish jamoasi rahbarning ish vaqtidan 
    foydalanishni yaxshilash haqida g’amxo’rlik qilishi birinchi darajali ahamiyatga 
    ega. Siyosiy-tarbiyaviy ish olib borish va mehnatkashlarning madaniy-texnikaviy 
    darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash zarurdir. Ishlab chiqarishda 
    kadrlarni o’z joyiga qo’yib ishlata bilish rahbarning tadbirkorligini ko’rsatadi. 
    Rahbariyat texnika xavfsizligini ishlab chiqarishida ko’p xarajatga yo’l 
    qo’yilmaydigan zamonaviy vositalarni joriy qilishga, kasb kasalliklari bilan 
    og’rishini oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlab berishga 
    majbur. 
    Korxonada xizmat qilayotgan ishchilar o’z huquqlarini tushuna bilishi va o’z 
    huquqlaridan unumli foydalana bilmog’i kerak. Avvalo o’z huquqidan mahrum 
    qilinganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish kerak. Basharti korxona 
    ma’muriyati xodimning talabini asosli deb topsa, u bu talabni to’laligicha qondirishi 
    lozim. 

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     4 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i d a x o d i m l a r n i

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish