271
o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos
tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi.
Fransuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta’rif ham Peter Drukker
ta’rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: Marketing – bu sotishni ta’minlash va
sotuvga tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarning talabiga
mos holda chiqarish
orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar
majmuidir.
Keltirilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu
bilan bir qatorda marketing yuozor munosabatlari sub’ektlarining biznes falsafasi,
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Demak, marketing bir vaqtning o’zida ham mushohada va ham harakat jarayoni
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda
marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab
texnologiyagacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor
iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonlar va
boshqa
bozor sub’ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishining
birdan-bar yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga
shubha tug’dirmaydi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr
boshlarida xaridor talabini
qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish – sotish, savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab
chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish
xaridorga ta’sir qilishning xo’jalik jabxalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun
bo’lgan raqobat kurashnining o’zaga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi.
Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullari qo’llab,
xaridorlar talabi ehtiyoji, didi va ta’bi to’g’risida axborotlar topib,
korxona va
tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini
shakllantirish uchun iqtisodiy , tashkiliy texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil
qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli
yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan tadbirlar
272
samaradorligini
albatta
nazorat
qiladilar.
Xarid
masalaga
marketingli
yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozodagi yuz beradigan
jarayonlarni xisobga olishgina emas , balki ishlab chiqarish korxonalari,
tovarlarni
yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari, tovarlarni
yetkazib beruvchi vositachilari ulgurchi va chakana savdo korxonalari va ular bilan
bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq
vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing
xo’jalikning ma’lum bir tarmog’iga masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga ta’luqli
deb o’ylash notug’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik
sub’ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit foydalanilganda,
birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud
bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar
moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab
chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy
manfaatdorlikni
oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol
sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar
ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida
faqat bozordagina tovar-pul almashuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy
boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan,
ijtimoiy takror chiqarish
tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi
o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallari, mehnat va moliya
resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini – bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va
273
ijtimoiy vazifalari bilan , u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini
tanlashga imkon beradi.
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi
keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1.Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish.
2. Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat
yaratish.
4.Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.