13.4. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari
va ularning bajarilishini tashkil etish
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal (maqbul) variantga eng yaqin
bo’lgan, eng qulay variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik
resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud holat
haqidagi mantiqiy axborotlarni yig’ib, tahlil qilish orqali kelib chiqadi.
Optimal (maqbul) qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni
qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan
ishlashning quyidagi usullari mavjud:
tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli;
variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili,
rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterini aniqlash
usuli;
tajriba javoblarini statistik tahlilini o’z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish
usuli. Yechilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EHM va
iqtisodiy-matematik usullar orqali bajarilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda kuzatish mumkin;
matematik dasturlash usuli;
maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul o’qitish
va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni o’lchash va bashorat qilish uchun
ishlatiladi;
modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EHM ishlatilishini
234
taqozo etadi;
noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga xar-xil yondashishlarni
o’z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi;
xarajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig’ish, tahlil qilish uchun ishlatish
juda ko’p mablag’ talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob
topishga yordam bersa xarajatlar oldida to’xtashi kerak emas;
mutaxassislar (ekspert) bahosi mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so’ng mutaxassislar mavjud qarorlar
ro’yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va o’zlarining
yakuniy xulosalarini etadilar;
noma’lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud
ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror
korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadga bog’liq. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy-
ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendensiyasi, shuningdek tahliliy
hisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Boshqa hollarda albatta
muammoning chuqur tahlili va xar tomonlama birlashuvi kerak bo’ladi, ya’ni
muammoning turlicha karab kerakli tahlil va hisob-kitoblar o’tkaziladi;
qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat
doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo o’tkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish
usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi qarorlar
qabul qilish va ularning samarasini baholash ko’pincha korxona faoliyatining tahlili
takrorlanuvchi holatida qo’llaniladi.
bir guruh mutaxassislar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy
muhokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari boshqaruvning
yechimlariga asoslanishi bilan birga yaxshi g’oyalarning yuzaga kelishiga muhit
yaratish hamda muhokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ
yechimni topishga va muammoni to’g’ri hal qilishga ta’sir ko’rsatadi.
235
13.1-rasm. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va
amalga oshirish jarayoni.
Qarorga oid bo‘lgan bosh maqsad va vazifani aniqlash
Avvalgi tajribadagi qabul qilinadigan qarorni tekshirish
Qo‘yilgan vazifaning maqsadga yetishish yo‘lini tanlash
Qaror modelining holati va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan axborot yig’imi
Yechiladigan muammolarga oid ilmiy va tajribaviy ma'luotlarni o‘rganish
Qaror modelini ishlab chiqish
Ishlatiladigan, foydalaniladigan resurslar
Qaror variantlarini ishlab chiqish
Qaror variantini baholash va tahlil qilish
Qo‘yilgan maqsad yoki vazifalar bajarilishi mumkin bo‘lgan natijalarini tekshirish
Aniq vaziyat
Xavf-xatarli vaziyat
Noaniq vaziyat
Variantni optimal
baxosi bilan ta'minlash
Variantning ko‘p foydali yoki
eng zo‘r baxosini tanlash
Maqsadga yetishish
yo‘liga javob beradigan
variantni tanlash
Qaror variantini baxolash kriteriyasining yakuniy tanlovi.
Asosiy alternativ variantini tanlash
Qarorlarni tasdiqlash, ma'muriy hujjatlarni chiqarish va ularni ijrochilarga yetkazish
Qaror bajarilishini nazorat qilish, uning amalga oshishini samarasini baholash
Rejalashtirilgan darajadan holi bo‘lgan buysunuvchi ob'yektlarning holatini baholash.
Keyingi qarorlar extiyojini aniqlash
236
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab
chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni,
matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu tadbirlarni 3 ta guruhga
ajratish mumkin:
1.
Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish;
2.
Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish tezkor zahiralarni shakllantirish;
3.
Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish.
Birinchi guruh tadbir. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish.
Bu yerda uni o’z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-
ikki oyda yetib borishini kuzatish mumkin. Bu holda u o’z faolligini va mazmunini
yo’qotadi. Chunki u kech yetib boradi.
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror
qabul qilishga jalb qilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror
konsepsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maqsadda ishlab
chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar
qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu yechimlarni haqiqatga yaqinroq
qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq
bilishadi.
Shuningdek, kollektiv ishchilarining muhokamada, seminarlarda, yoki loyiha
rejalashtirini qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin,
bu kollektivlilik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi, qachonki
yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo’lganda.
Ikkinchi guruh tadbiri – bu kadrlar va resurslar harakati, shuningdek tezkor
rezervlar. Har bir yechim moddiy ta’minotga muhtoj bo’lib, odamlarning qayta
oriyentatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri keladi.
Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab
chiqarishni qayta ko’rish ishlarining uslub va formalarini keskin o’zgarishiga olib
keladi. Bu kadrlar tuzilmasiga xam ta’sir ko’rsatadi.
Uchinchi tadbirlar guruhi – bu nazorat, ya’ni chuqur malakali tahlil. Тizimli
nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida,
237
bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun
talab kiladi.
|