238
Nazoratning bosh vazifasi qarorlarni realizatsiyasining
berilgan dasturlardan
mumkin bo'lgan chetlashishni o'z vaqtida sezish va uni bartaraf etish uchun choralar
belgilashdir.
Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud:
—
diagnostik funksiya;
—
qayta aloqalar funksiyasi;
—
nazoratni mo'ljalli funksiyasi;
—
rag'batlantiruvchi funksiya;
—
sozlovchi funksiya;
—
pedagogik funksiya.
Shunday qilib nazorat obyektiv zaruratdir, chunki eng optimal rejalar ham o'z
ijrochilariga yetib bormasa, ularni bajarish haqida
obyektiv va doimiy nazorat
bo'lmasa ular amalga oshmay qolishi mumkin.
Rahbarning tahlili ko'pincha global xarakterga ega bo'lib, texnologiya, xo'jalik
hisobi, o'zini-o'zi mablag' bilan ta'minlash va ijtimoiy jarayonlarni to'liq kompleks
holda o'zaro aloqadorligi va bir-birini taqozo etishini qamrab olish va tushunish
zaruriyatini ifodalaydi.
Rahbar tahliliy faoliyatining bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kuchayib
ketgan yana bir alohida belgisi — korxona yoki boshqa obyekt ishlab chiqarish va
xo'jalik faoliyatining samaradorligiga to'g'ri baho berish zarurligidir. Samaradorlik
— olingan natijalar bilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir.
Iqtisodiy tahlilda, firmaning balans tizimi keltirilib, undagi aktivlar va kapitallar
konkret raqamlarda ifodalangandan so'ng, korxona
oladigan foydasi aniqlanadi,
chunki bozor islohotlari sharoitida zarar bilan ishlash firmani bankrot bo'lishiga olib
keladi.
Zararsiz ishlash tahlili firma oladigan foyda va xarajatlar tahlili orqali olinadi.