• Insert
  • Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalar kafedrasi zamonaviy matematik paketlar




    Download 7,05 Mb.
    bet15/78
    Sana22.07.2021
    Hajmi7,05 Mb.
    #15506
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
    Uch o’lchovni grafikni chizish.

    Ikki o’zgaruvchili va 3 o’zgaruvchili funksiyalarning grafiklarini turli xil ko’rinishda chizish mumkin. Misol sifatida 2 o’zgaruvchili funksiyaning grafigini chizishni ko’raylik. M ni 20gacha tenglab, x va yugurish lar uchun i va j larni 0 dan M gacha deb olinadi. So’ngra x va y larni, sin(x,y) ni qiymatlarini M matritsaga tenglab ekranga yoziladi. So’ngra esa Insert menyusidagi Graph bo’limi tanlanadiva garfiklardan 3 o’lchovli grafik ishga tushiriladi. Ekranda uch o’lchovli koordinatali ramka hosil bo’ladi. Kursor turgan joyda M ni yozish orqali grafik hosil qilish mumkin.







    Misol sifatida sinx ning grafigini chizish mumkin. Funksiyaning, ifodaning, x va y ga bog’liq berilganlarning grafigini chizish uchun Mathcad oynasidagi biror joyga “sichqoncha” ko’rsatkichini olib borib, chap tugmasi bosiladi, natijada shu joyda “+” ko’rinishga o’tadi. Insert menyusini tanlab, Graph vertikal menyudan X – Y grafik bo’limi tanlanadi. Ekranda ramka hosil bo’ladi. Bu ramka ichida kursor turgan joyda funksiyaning o’ng qismiga sinx deb yoziladi. Enter klavishi bosilgandan keyin dastur avtomatik ravishda funksiyaning grafigini chizadi.



    Grafikning o’lchamini o’zgartirish uchun “sichqoncha” ning ko’rsatkichini grafik ustiga olib borib, chap tugmasi bosiladi. Grafikning hamma tomonlarida ramka va uning chetlarida qora kichkinagina kvadratlar paydo bo’ladi. Shu kvadratlar ustiga sichqonchaning ko’rsatkichini olib borish kerak, birdaniga ko’rsatkichning ko’rinishi o’zgaradi. So’ngra esa “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi va tugmani qo’yib yubormay, grafikning o’lchamini o’zgartirish mumkin. Yozgan va chizgan grafiklarni ixtiyoriy joyga olib borish uchun “sichqoncha” ko’rsatkichini ular ustida bosilsa, ko’rsatkich odamning qo’l shakliga o’zgaradi. Yana chap tugma bosilib kerakli joyga olib borib qo’yiladi







    Ishchi hujjatidan grafikni yo’qotish uchun:

    1. Grafikdan tashqarida sichqoncha knopkasini bosing.

    2. Grafikni punktirlangan to’gri chiziq orasida joylashtiring.

    3. Grafikni yo’qotish uchun [ctrl]+x ni bosing. Xuddi shunday “pravka” menyusidan “v’rezat” belgilab olingandan so’ng, [Del] klavishasini bosish orqali yo’qotish mumkin.


    Download 7,05 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




    Download 7,05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalar kafedrasi zamonaviy matematik paketlar

    Download 7,05 Mb.