|
Navoiy davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalar kafedrasi zamonaviy matematik paketlar
|
bet | 24/78 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 7,05 Mb. | | #15506 |
Interfeysi
Maple 9.5 tizimida quyidagi asosiy imkoniyatlar mavjud:
Foydalanuvchi ixtiyoriy dasturiy tizimdan foydalanish uchun uning foydalanuvchilar bilan muloqot muhiti(interfeys)ni yaxshi bilish kerak.
Biz Classic Worksheet Maple 9.5 va Maple 9.5 tizimlarining Windows operatsion muhitida joriy qilingan interfeysi haqida to`xtalamiz. Foydalanuvchi tomonida tizimlar ishga tushurilgandan keyin quyida ko`rsatilgan interfeys oynalar paydo bo`ladi.
Oynalar olti qismdan tashkil topgan:
Sarlavha satri;
asosiy menyular satri;
asosiy instrument(vosita)lar paneli;
kontekstli uskunalar paneli;
ishchi varaqning maydoni;
holatlar satri.
Sarlavhada Maple tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi ko'rsatiladi.
Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning mazmuniga qarab o'zgarib turadi. Ishchi varaqning foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlar kiritiladigan qismiga kiritish maydoni deyiladi. Kiritish maydoniga Maplening buyruqlariini, operatorlarini va izohlar uchun matn kiritish mumkin. Kiritish maydonida buyruqlarni Maple talqinida yoki odatdagi matematik yozuv talqinida aks ettirish mumkin. Natijada ushbu panelda kiritish maydoni paydo bo'ladi (2–shakl). “Enter” – tugmasi bosilgandan keyin kiritilayotgan buyruqning yozuvi kontekstli instrumentlar panelining kiritish maydonida aks ettiriladi, unga mos matematik talqinidagi yozuv esa odatdagi kiritish maydonida aks ettiriladi. tugma qayta bosilsa, kiritish maydonidagi matematik talqindagi yozuv Maple talqinidagi buyruqga o'tadi. Kiritilayotgan matnda matematik formulalar bo'lsa, “Поместить” menyusidagi «стандарт» buyrug’ini bajarish yoki asosiy intsrumentlar panelidagi tugmani bosish zarur. Matnda matematik formulani kiritish jarayoni Maple ning matematik yozuvlarga mos buyruqlarini matematik talqinda yozishga o'xshash.
|
| |