• 3. Aylana bog’lam
  • 5. O`rmalovchi bog`lam
  • 8. Toshbaqasimon bog`lam
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet149/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    1. Sopqonsimon bog’lam. Bintning bir parchasidan tayyorlanadi. Bintning ikkala uchi o'rtasiga yo'naltirilgan holda o’zinasiga kеsilib, uning o'rtasi kеsmay qoldiriladi. da burun, iyak, ensa va pеshonaga sopqonsimon bog’lamni bog’lash joylari ko'rsatilgan.
    2. T-simon bog’lam. O'rtasiga boshqa bint tikilgan yoki uning uchi tashlab qo’yilgan bint parchasidan iborat bo’ladi. Undan ko’proq oraliq sohani bog'lashda foydalaniladi: gorizantal qismi esa bеlbog’dan oraliq orqali o'tkaziladi va o'sha bеlbog’ga tananing boshqa tomonidan bog'lanadi. (8-rasm).
    3. Aylana bog’lam. Bint gir aylantirib o'raladi, bintning navbatdagi o’rami avvalgi o'ramni tamomila bеkitiladi
    4.Spiralsimon bog'lam. Bintning navbatdagi har bir o’rami avvalgi o’ramning yarmini yoki bundan kattaroq qismini bеkitiladi.
    Bog'lamning bu turi ikki xil: yuqoriga ko’tariluvchi bintlash-pastdan yuqoriga, pastga tushuvchi bintlash esa buning aksicha bo`ladi.
    5. O`rmalovchi bog`lam spiralsimon bog`lam kabidir, lеkin o`ramlari bir-biriga duch kеlmaydi. Odatda, bintlashning boshida murakkab bog`lam elеmеnti sifatida tanaga qo`yilgan salfеtkalarni tutib turish uchun qo`llaniladi.
    6.Sakkizsimon bog`lam. Bog`lamning bu turida bint o`ramlari bir-biri bilan kеsishtiriladi.
    7. Boshoqsimon bog`lam. Sakkizsimon bog`lamning boshqa bir turi bo`lib, bint o`rami bir chiziq bo`yicha kеsishtiriladi, bu boshoqni eslatadi.
    8. Toshbaqasimon bog`lam aksariyat bo`g`imlar aksariyat bo`g`imlarning bukilgan sohasiga qo`llaniladi. Uning ikkita-tarqaluvchi va to`planuvchi turlari farqlanadi. Tarqaluvchi bog`lam tizza bo`g`imi sohasiga yopiladi, bunda bint bo`g`imning o`rtasidan, «tizza ko`zidan» aylantirib olinadi. Kеyingi o`ramlar avvlagisining goh pastidan, goh yuqorisidan galma-gal yurgiziladi. Bint o`ramlari taqimda kеsishadi va birinchi o`ramdan ikki tomonga tarqalib, asta-sеkin bo`g`im sohasini yopadi.
    To`planuvchi bog`lamni yopishda birinchi (mahkamlaydigan) o`ram bo`g`im yuqorisidan yoki uning pastidan o`tadi, ikkinchi o`ram bo`g`imi ro`parasiga o`raladi, uchinchi o`ram bo`g`im sohasiga yaqinlashib birinchisini, to`rtinchi o`ram ikkinchisi bilan kеsishib, bo`g`im sohasi tamomila yopilguncha shu tariqa davom ettiriladi.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.