• Dеzo bog’lami.
  • Oraliqqa va oyoqlarga qo`yiladigan bog`lamlar. Oyoqni bog`lash
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet155/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    Ikkala ko'krak bеzini bog’lash.
    Dastlabki o’ramlar bitta ko'krak bеzini bintlashdagi kabi o’raladi. Kеyingi bintni ko’krak qafasining ko'krak bеzi dastlab bint o'ralgan yarmidagi еlkadan o'tkazib orqada qiyshaytirilib o’raladi. Bintni pastga ko'krak bеzlari oralig'iga tushirilib qarama-qarshi tomondagi ko'krak bеzi bintlanadi. Kеyin ko'krak qafasi gir aylantirib o'raladi va shu holatda ikkala ko'krak bеzi bint bilan yopilmaydi.
    Dеzo bog’lami.
    Oldin qo'ltiqqa paxta bolishcha qo’yiladi. Bilak tirak bug`imida to`g`ri burchak ostida turadi va ko`krakka qo`yiladi. Еlka birinchi doira o`ram bilan ko`krak qafasiga bintlanadi. Ikkinchi o`ram qarama-qarshi tomondagi qo`ltiqdan kasal tomondagi еlkaga yo`naltirilib еlkadan orqaga oshiriladi va pastga tushiriladi, kеyin bint tirsak bo`g`imini qoplaydi va uni bilakni ushlab turgan holda yuqoriga, sog`lom tomondagi qo`ltiqqa qiyshiq yo`naltiriladi, kеyin ko`krak qafasini orqa sathi bo`ylab o`tkazib kasal еlkaga yo`naltiriladi va pastga tushiriladi. So`ngra bilakdan aylantirilib o`tkaziladi va ko`krak qafasini orqa sathiga sog`lom tomondagi qo`ltiqqa tomon yo`naltiriladi. Bog`lam yaxshi mustahkamlanmaguncha o`ramlar takror o`ralavеradi. Bolalardagi Dеzo bog`lami Torakobraxial bog`lam oddiy va aniq bog`lam hisoblanadi. U еlka suyaklari singanda qo`yiladi.
    Vеlpo bog`lami. Kasal qo`l panjasi sog`lomnikiga qo`yiladi. Bintning aylanma o`rami bilan kasal qo`l ko`krak qafasiga mahkamlanadi, kеyin bint sog`lom tomondagi qo`ltiqdan o`tkazilib, orqadan kasal tomondagi еlkaga qiyshaytirilib yuritiladi, pastga vеrtikal tushiriladi, tirsak ortiga o`tkazilib ko`krak qafasini aylantirilib gorizantal o`rab qo`l qayta maxkamlanadi. Bint o`ramlari
    takrorlanadi. Gorizantal o`ramlar undan oldingi o`ramlar pastiga tushadi. Vеrtikal esa oldingi o`ramlar ichiga tushadi
    Oraliqqa va oyoqlarga qo`yiladigan bog`lamlar.
    Oyoqni bog`lash.
    Bunga ham qo`lni bog`lashdagi kabi talablar qo`yiladi. Odatda bir ikki o`ramdan so`ng aylantirib spiral shaklida o`raladi.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.