Guruhlarni ishlarini umumlashtiruvchi baho 4-ilova
Guruh
|
1
|
2
|
3
|
Jamoa ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball –a’lo
1,2 – 2 ball –yaxshi
0,5 – 1,1 ball –qoniqarli
0 – 0,5 ball – qoniqarsiz.
Mustaqil ish uchun uyga vazifa.
Uyda har biringiz mustaqil ravishda kuyishga oid rasmlarni salomatlik ensiklopediyasidan foydalanib rasmlarni yig’asiz va albom tayyorlaysizlar.
Mavzuning qisqacha ma’lumoti.
Jarohatlanganda organizmda paydo bo’layotgan patologik jarayon bir xil tushunish,davolash taktikasiga bir xil qarash,evakuatsiyaning turli bosqichlarida tibbiy tadbirlarning o’z vaqtida,izchil va birin –ketin o’tkazilishini ta’minlash,tibbiy yordamning xususiyatini aniqlash uchun hamma bosqichlarda to’liq tibbiy saralash o’tkazish,kiyein evakuatsiya qilish imkonini beradigan tibbiy hujjatlarning mavjud bo’lishi «Halokatlar tibbiyoti» xizmati konsepsiyasining asosini tashkil etadi.
Ommaviy shikastlanish vaqtida tibbiy yordam berishni tashkil etish:
Shikast o’choqlarini tibbiy razvedka qilish;
Jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
Jabrlanganlarni saralash;
Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;
Tibbiy yordam berish va davolash kabi vazifalarning hal etilishini nazarda tutadi.
Shikast o’choqlarini tibbiy razvedka qilish uchun aholi soni,tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining qanchaligi,yer yuzasining past balandligi,yullar,suv manbalarining mavjudligi va aholi haqida ma’lumotga ega bo’lish zarur.
Jabrlanganlarni bir necha soat,yoki hатто bir kecha-kunduz mobaynida qidirib topish va qutqarish,falokat sodir bo’lganda iloji boricha ko’p jabrlanganlar hayotini saqlab qolish eng muhim vazifadir.Odatda bunday vazifani o’t uchirish komandalari,militsiya,harbiy qismning xodimlari,shuningdek ko’ngillilar,yaqin kishilar,qarindoshlar bajaradi.
Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatning eng asosiy va birinchi galdagi vazifasidir.
|