• Kuyishda birinchi yordam ko’rsatish
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet164/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    Birinchi tibbiy yordam:
    Shikast o’chog’iga tushib,o’z holicha qoladigan shikastlanganlarni yakkalab olish davrida shikast olingan joining o’zida hayotiy ko’rsatkichlariga muvofiq beriladigan birinchi tibbiy yordam alohida rol o’ynaydi.O’z vaqtida va to’g’ri ko’rsatilgan yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlardan saqlab qoladi.
    Shikastylangan kishini ko’rib chiqishda shifokor muayyan algoritm (tartib,ketma-ketlik)dan foydalanishi mumkin.Bular:
    - og’iz bo’shlig’I va yuqori nafas yullarini tekshirish (ularni begona,yot narsalardan tozalash);
    - nafas olish harakatlarining xususiyati va qanchalik tezligiga baho berish (o’pkani sun’iy nafas oldirish va yurakni bevosita uqalash);
    - qon tomirlari butunligini aniqlash(ayniqsa arterial qon tomirlardan qon oqishini vaqtincha yoki butunlay to’xtatish);
    - yurak qon tomir tizimi(tomir urishi) ahvoliga baho berish;
    - sezgi a’zolari,ko’rish a’zolariga (organizmda qanday ta’sirlanishiga) baho berish;
    Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa muddati-shikastlangan ondan boshlab 30 daqiqa,nafas olish to’xtagan bo’lsa,bu vaqt 5 – 7 daqiqagacha qisqartiriladi.
    KUYISH
    Kuyish deb, tuqimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddlar, elektr toki, nur energiyasi ta`sirida kelib chiqqan jarohatga aytiladi. Kuyishlar turlari qo`yidagilar:
    termik: - issiq suvdan, olovdan, cho`g`dan, bug`dan
    kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksus essentsiyasidan
    nur energiyasi va elektr tokidan
    Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va kuyish kasalligi rivojlanadi.
    Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
    SHOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir kechadi. Travmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qo`zg`algan bo`ladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi.
    Taktil bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo`ladi. Siydik ajralishi kamayib, to`liq anuriyaga boradi.
    toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi. Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bo`ladi.
    Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin kuzatiladi. Kuygan yuza ko`p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bo`ladi.
    rekonvalessent( sog`ayish) davrida tana harorati , qon va siydik normaga keladi, ishtaha yahshilanadi, to`qimalaring nekrotik qismlari kuchib tushadi, kuygan yuzada pushti rang sog`lom granulyatsiyalar paydo bo`ladi.
    TERMIK kuyish- tuqimalarga yuqori harorat, issiq suv bug` va boshqalar at`sir etganda sodir bo`ladi. Termik omil harorati nechog`li yuqori bo`lsa va termik omil qanchalik uzoq ta`sir qilsa to`qimalar shunchalik kup shikastlanadi. Erigan metal ta`sirida ayniqsa chuqur kuyish hollari kuzatiladi.
    to`qimalarning shikastlanishi xarakteri va chuqurligiga kura 4 darajaga bo`linadi:
    Kuyishning 1 darajasi: terining picha qizarishi va shishishi bilan ifodalanadi. Kuyishning bu darajasida teri kappilyarlari kengayadi va ularning utkazuvchanligi oshishi hisobiga qonning suyuq qismi atrofidagi tuqimalarga chiqadi. Bu 2-3 kun davom etadi, keyin epidermis kuchib tushadi.
    kuyishning 2 darajasi – pufaklar paydo bulishi bilan harakterlanadi.
    pufaklar kuyishdan bir necha minut utkach paydo bulishi mumkin. terining yuza qatlami qavati jonsizlanadi. pufak yorilganda terining tiniq- qizil surgichsimon qavati kurinadi. Kuyish asoratsiz utganda 4-6 kunga kelib pufakdagi suyuqlik surilib ketadi.
    Kuyishning 3 darajasi terining barcha ichki qavatlarining jonsizlanishi bilan harakterlanadi. Kuygan yuzada to`q rangli pustloq paydo bo`ladi. Pustloq oqsillar koagulyatsiyasi (ivishi) va aylanishini tuxtashi hisobiga vujudga keladi. Kuyishning bu darajasida pustloq kuchgandan keyin u er ikkilamchi chandiqli bulib bitadi.
    Kuyishning 4 darajasi teridan tashqari birmuncha ichkarida joylashgan tuqimalar (teri osti tuqimasi, mushaklar , suyakalr) ning lonsizlanishi kuzatiladi. bu juda sekinlik bilan bitib, katta chandiqlar hosil bo`ladi. To`qimalarning ayrim joylari kuchub, hatto oyoq- qular uz- uzidan uzilib tushishi mumkin.
    kuyishning klinikasi kuygan yuzaning darajasi va maydoniga bog`liq. Gavdaning 30% va undan kuprogi` kuysa, kuyish kasalligi kelib chiqadi va bunda bemor ulishi ham mumin.
    Kuyishda birinchi yordam ko’rsatish
    yordamning asosiy maqsadi termik omil ta`sirini yiqotishdir. kuyishda aseptic bog`lam quyiladi, og`riqsizlantiruvchi dori yoki narktiklar yuboriladi, gavdaning shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi va shok profilaktikasi utkaziladi.
    Agar havo sovuq bo`lsa bemor issiq qilib o’rab qo’yiladi va davolash muassasasiga olib boriladi.
    kimyoviy moddadan kuyishda uni kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashalsh, qoldiqlarni esa neytrallash kerak. kislotalarni neytrallash uchun 2% li soda eritmasi qullaniladi. Qattiq kuyishda bu soxaga bur kukuki, kuydirilgan magneziydan mul qilib sepiladi.
    teriga yonib turgan fosfor bulakchalari tushganda gavdaning shu qismini suvga botirib turish, fosfor qoldig`ini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan sohaga 5% mis kuporosi eritmasiga xullangan bog`lam quyiladi yoki talk sepiladi.



    Download 0,95 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.