• Adabiyotlar
  • MAVZU. MARKAZIY OSIYODAGI TABIIY XARAKTERDAGI FAVFQULOTDA VAZIYATLAR, HIMOYA CHORALARI VA ZARARINI KAMAYTIRISH




    Download 0,95 Mb.
    bet66/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    4. MAVZU. MARKAZIY OSIYODAGI TABIIY XARAKTERDAGI FAVFQULOTDA VAZIYATLAR, HIMOYA CHORALARI VA ZARARINI KAMAYTIRISH.


    Reja:
    1. Tabiiy tusdagi favfqulotda vaziyatlarning turlari.

    2. Zilzilaning kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari.


    3. Zilzilaning inshootlarga ko’rsatgan kuchini o’rganish va baholash.
    4. Inshootlarni zilzilaga nisbatan zilzila bardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
    5. Ko’chkilar. Umumiy tushunchalar, kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va holokatli oqibatlar
    6. Sellarning sabablari oldini olish choralari
    Adabiyotlar:

    1. “Fuqoro muhofazasi asoslari” Toshkent 2003 yil ma’ruzalar to’plami.


    2. “Harbiy toksikologiya va tibbiy muhofaza” Ibn sino 1997 yil I.i. Mamatov


    3.”Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhifazasi” Toshkent 2005 yil


    O.Qudratov. T.G’aniyev
    4.”Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash”Toshkent 2006yil R.Ramazonova

    Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:


    1) gеologik xavfli hodisalar: zilzilalar, еr ko`chishlari, tog` o`pirilishlari va boshqalar
    2) gidromеtrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sеllar, qor ko`chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar
    3) Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli infеktsiyalar (o`lat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, tеrlama, Bril kasalligi, zoonoz tinfеktsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infеktsiyalar- SPID;
    Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qaroriga ko’ra quyidagilardan iborat:
    - zilzila, kuchki, tog’ o’pirilishi, yer sathining cho’kishi . Tabiiy ofatlar, favqulotda vaziyatlarning sodir bo’lishida xavfli geologik jarayon va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlardan aholini va xalq xo’jaligi ob’yektlarini muhofaza qilish uchun havfli geologik xodisalarning yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari o’rganiladi, baholaniladi, bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni huquqiy tomondan qanday amalga oshirish
    “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”
    Qonunning 21,22,23 – moddalaridan bayon etilgan va bunday holatlarda qanday hujjatlar kerakliligi 3 – moddasida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari 16 – moddasida qayd etilgan holda mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro muhofazasi borasidagi majburiyatlari 10 – moddasida bayon etilgan.
    Yer yuzasida sodir bo’ladigan xavfli geologik jarayonlar asosan yerning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’sirida bo’ladi. Bundan tashqari ilmiy- texnik va maxsus adabiyotlarda bayon etilgan ma’lumotlarga ko’ra geologik muhitga insonning xo’jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlar ham ta’sir etadi. Natijada ko’lami katta yoki kichik bo’lgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi.
    Shahar qurulishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilish, zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yetarli ahamiyat berish maqsadida Birlashgan Millatlar tashkiloti 1990-2000 yillar oralig’ini tabiiy favqulodda vaziyatlar bo’yicha xavf – xatarni kamaytirish xalqaro 10 yilligi deb elon qilingan. Shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari “Tender” asosida xalqaro “RADIUS” loyihasini amalga oshirish huquqiga ega bo’ldilar. ”RADIUS”ni dastur bo’yicha to’la joriy etish imkoniyati berilgan beshta – mamlakat: Addis-Abeba (Efiopiya), Guayakliem (Ekvador), Tixyana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga O’zbekiston respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan.
    1. Zilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. Insoniyat tarixida yuzlarcha halokatli zilzilalar bo’lib o’tgani yozma manbalarda ma’lum. Yunonistondagi qadimgi Pompey xarobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan ko’plab qadimiy shaharlarning xarobalarini topishgan. Hozirgi Issiqko’l qirg’oqlari bo’ylab ham ko’hna davr inshoatlari, saroylar va qasrlarning qoldiqlari hamon saqlanib, o’sha qadimiy yer silkinishlaridan guvohlik berib turibdi. Oxirgi 50 yil ichida bo’lib o’tgan kuchli zilzilalar ichida vayrongarchilik va qurbonlar miqyosiga ko’ra Chili, San-Fransisko, Tolio, Ashxabot va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 - yilgi Ashxabot (100 ming odam halok bo’lgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojeya Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo’lgan) oldi. U 1988 - yili 7 dekabr kuni sodir bo’ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o’zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo’ldi. 200 mingli Leninakan shahri zamonaviy binolarning yarimidan ko’pi quladi yoki tiklab bo’lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bo’lgan Kirovakan shahri va katta qishloqlar talofat topdi.San-Fransiskoda 1906 - yil 18 - apreldagi yer qimirlashida 700 aholi halok bo’lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollorni tashkil qilgan. Ikki kun yong’in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib hech narsa qolmagan hammasi bo’lib 350 ming kishi halokatga uchragan.
    Yaponiyada 1995 - yil 17 - yanvarda kuchli yer qimirlashi ro’y bergan. Uning episentiri yirik Koba portining markazida joylashgan bo’lib juda katta ko’lamda muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo’lishiga, uy- joylarni buzilishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida ularning buzilgan bo’laklari ostida beshming ta odam nobud bo’lgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.
    1995 – yil 27 – mayday Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida 9,2 ball kuchlanishga ega bo’lgan o’ta kuchli yer silkinishi ro’y berdi. Ma’lumotlarga ko’ra uning natijasida shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bo’lgan va nobut bo’lgan.
    Eng kuchli zilzila O’zbekistonda 1902 – yilda (8-9 balli) Andijonda bo’lgan. 1946 – yili Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1968 va 1966 – yil (7-8 ball) (1000 martagacha), Gazlida 8-10 ball, Tojikistonda 1907 – yil, Hisorda 9 – 10 ball, 15 ga yaqin qishloqlar xonavayron bo’lgan, 1000 ga yaqin odam nobud bo’lgan. 1911 – yilda Pomirda Sarez zilzilasi. Tog’ o’pirilib, Usoy degan to’g’on hosil qilingan. Murg’ob daryosini to’sib qolib, seriz degan ko’l paydo bo’lgan. Bu vayrongarchiliklarning shunchalik kattaligigiga sabablar nimaq Birinchi navbatdagisining paydo bo’lishidagi yer qobig’idagi ichki kuchlarning ta’siri, ularning yer yuzasidagi inshootlarga ko’rsatgan zarbasining kuchi, ikkinchi navbatda uy–joy binolarini, korxonalarni, inshootlarni ko’rish ishlarining sifatsiz olib borilgani, zilzilaga bardosh beradigan qilib qo’rilmagani, ularni loyihalash va qurishda yo’l qo’yilgan xatoliklar hamda nazoratga kam e’tibor berilgandadir. Aholini va xo’jalik inshootlari joylashgan hududlarni zilzila tufayli sodir bo’ladigan halokatdan muhofaza qilishni tashkil qilish uchun zilzila tarqalgan hududlarni, paydo bo’lish sabablarini, genetik turlarini, tasnifini o’rganish, inshootga ko’rsatadigan kuchlarni baholash, bashorat qilish va kompleks chora tadbirlarning tarkibini ko’rib chiqish kerak.
    Zilzila paytida yer qobig’ida seysmik to’lqinlar hosil bo’ladi.
    To’lqinlarning tarqalish markazi giposentr yoki zilzila o’chog’i deb ataladi. Chuqurligi 2 – 70 km ga boradi. Yer yuzasidagi markazi –episentr deb ataladi. Ma’lumotlarga ko’ra seysmik to’lqinlar uch xil –bo’ylama, ko’ndalang, turlarga bo’linadi. Ularning aholi yashaydigan hududlar va inshoatlarga ko’rsatadigan kuchlarining ta’siri yerning geologik, geomorfologik, gidrogeologik va muhandislik geologik sharoitlarga bog’liq bo’lib, ularni o’rganish, baholash, bashorat qilish bilan muhandislik geologiyasi shug’ullanadi .



    1. Download 0,95 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU. MARKAZIY OSIYODAGI TABIIY XARAKTERDAGI FAVFQULOTDA VAZIYATLAR, HIMOYA CHORALARI VA ZARARINI KAMAYTIRISH

    Download 0,95 Mb.