• SHERMATOVA DILAFRUZ NORKAMOLOVNA Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash 5A110301- Kimyo
  • Navoiy -2013 M U N D A R I J A
  • KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.
  • Tadqiqot ob’yekti va predmetning belgilanishi.
  • Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
  • Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
  • Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar
  • Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
  • Tadqiqoqtning ilmiy yangiligi.
  • I bob. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar 1. Kimyo sanoati korxonalaridan chiqayotgan gaz holidagi chiqindilar
  • Olmaliq , Chirchiq
  • Polshada
  • Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kimyo va ekologiya kafedrasi




    Download 3,38 Mb.
    bet1/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi3,38 Mb.
    #1180
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

    TABIATSHUNOSLIK FAKULTETI

    KIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI

    Qo’l yozma huquqida

    UDK 541.64:547.458.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    82

    SHERMATOVA DILAFRUZ NORKAMOLOVNA
    Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash

    5A110301- Kimyo o’qitish metodikasi
    Magistr

    akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya

    Ilmiy rahbar: k.f.n.
    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    ,dots. Karimova D.A.



    Navoiy -2013

    M U N D A R I J A

    Kirish.........................................................................................

    I bob. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar

    1. Kimyo sanoati korxonalaridan chiqayotgan gaz holidagi chiqindilar......

    2. Oqava suvlar va ichimlik suv muammosi ................................................

    3. Qattiq holdagi chiqindilar va litosfera muhofazasi ..................................

    I bob bo’yicha xulosa..................................................................................

    IIbob.Kimyo sanoati chiqindilarini qayta ishlash......................................



    1. Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash................................

    2. Oqava suvlarni tozalash va qayta foydalanish.........................................

    3. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash ......................

    II bob bo’yicha xulosa ................................................................................

    III bob. Kimyo sanoati korxonalari chiqindilarini qayta ishlash borasida olib borilayotga tadqiqotlar va takomillashtirish yo’llari..............................



    1. Gaz holdagi chiqindilarni tozalashda polimerlardan foydalanish...........

    2. Oqava suvlarni tozalash borasida olib borilayotgan bilogik va texnologik tadqiqotlar............................................................................

    3. Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari......................................................................................
      Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
      Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.


    III bob bo’yicha xulosa ................................................................................

    Xulosa...........................................................................................................

    Ilova..............................................................................................................

    Adabiyotlar ro’yxati......................................................................................




    KIRISH

    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, hozirgi vaqtda global iqtisodiy inqiroz Dunyo mamlakatlari orasida innovatsion ishlab chiqarish aloqalarini susaytirgani barchaning diqqat markazida bo’lmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida mahalliy xom ashyolardan foydalanish haqida alohida to’talib, mahalliy xom ashyolarni izlab topish, uni va chiqindilarni qayta ishlash hamda xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish bugungi kundagi eng muhim dolzarb muammo ekanligini ta’kidlab, iqtisodiy inqirozdan chiqishning yana bir yo’li nanotexnologiyalar asosida olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalariga bog’liqligini aytib o’tganlar.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

    Biz bajargan tadqiqot ishi aynan ana shu yo’nalish bo’lib, mustaqil O’zbekistonimizning nafaqat iqtisodiy balki ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    Keyingi yillarda atrof-muhitga sanoat korxonalari tomonidan chiqarilayotgan zaharli gazlarni va oqava suvlarni tozalash borasida turli tadqiqot ishalri olib borilmoqda. Ammo hozirgi kunda chiqindi gazlarni va oqava suvlarni tozalashda qo’llanilayotgan vositalar O’zbekiston Respublikasi davlat texnik nazorat qo’mitasi talablarini to’la qanoatlantira olmayapti. Yangi tarkibga ega, iqtisodiy jihatdan arzon, sorbsiyalash darajasi yuqori sorbentlar olish va sorbsiyalangan chiqindilarni qayta ishlab chiqarishga yo’naltirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

    Tadqiqot ob’yekti va predmetning belgilanishi. Yuqoridagi dolzarblikni yechishda, biz tadqiqot ob’yekti sifatida “Navoiazot” OAJning gaz holdagi chiqindilari, oqava suvlari va qattiq chiqindilarini tanladik. Yuqori molekulyar birikmalar asosida tozalash vositalari yaratish va ular asosida chiqindilarni tozalash tadqiqot predmeti qilib olindi.

    Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishimizda quyidagicha maqsad qo’yildi “Navoiyazot” OAJning gaz holdagi, oqava suv va qattiq chiqindilarini o’rganish, fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish, atrof-muhitga yetkazayotgan zararini aniqlash va ana shu zararni kamaytirish uchun yangi tozalash vositalari va usullarini yaratish.

    Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagicha asosiy vazifalar qo’yildi va yechildi:



    • “Navoiyazot” OAJda chiqadigan gaz holdagi chiqindilar o’rganildi.

    • Oqava suvlar tarkibi o’rganildi.

    • Qattiq holdagi chiqindilar tarkibi o’rganildi.

    • Yuqori molekulyar birikmalardan foydalanib oqava suvlar tozalab ko’rildi.

    • Tadqiqotda kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik hisoblandi.

    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotda asosiy masala atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni o’rganish va kamaytirish choralarini izlab topishga qaratilgan. Agar tadqiqot natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinsa, birgina Navoiy shahri korxonalaridan chiqayotgan zaharli gazlar miqdori 3% ga kamayadi deb faraz qilish mumkin.
    Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.
    Navoiy - Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan.


    Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    Ushbu sohada bajarilgan ishlar bilan (dissertatsiyalar, adabiyotlar) tanishish borasida quyidagi xulosaga keldim, hozirga qadar kimyo sanoati korxonalari chiqindilarini tozalash va qayta ishlash sohasida ko’p ishlar amalga oshirilgan va bu ish davom etmoqda, shulardan biri mening tadqiqot ishim hisoblanadi.

    Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Olib borgan tadqiqotlarimizda fizik-kimyoviy usullardan foydalandik. Jumladan optik, IQ, UB spektroskopiya, potensiometrik titrlash, elektr o’tkazuvchanlik kabi usullar qo’llanildi.

    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari amalda joriy qilinsa, atrof-muhit tozaligi birmuncha yaxshilanadi, zaharli chiqindilar tufayli kelib chiqayotgan kasalliklar oldi olinadi. Ekologik barqarorlik ta’minlanadi.

    Tadqiqoqtning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda yuqori molekulyar birikmalardan foydalanib chiqindi gazlar va oqava suvlarni tozalash amalga oshirildi.

    Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, 75 betdan iborat.


    I bob. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar

    1. Kimyo sanoati korxonalaridan chiqayotgan gaz holidagi chiqindilar

    Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.

    Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.

    Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

    Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi.

    Shuning uchun, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.
    Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda qo’llash, gigiyena fani zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o’simliklar uchun xavfli bo’lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiyena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi.

    Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, kimyoviy zaharli moddalarning toksikologik ta’siri o’rganilmasdan, xorijdan olib kelinadigan kimyoviy moddalar har taraflama mukammal tekshirilmasdan ishlatishga ruxsat etilmaydi. Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiladigan har bir kimyoviy modda uchun maxsus hujjat, uslubiy ko’rsatmalar, ulardan foydalanish yo’riqnomalari, me’yori, favqulodda zaharlanganda qo’llaniladigan birinchi tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’lishi talab qilinadi.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigiyenik talablar asosida ishlab chiqiladi.

    Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yeklaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga boladigan ta’sirining oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalari olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan.

    Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanilganda, ularning qoldiqlari atrof-muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqdagi miqdorini aniqlash, shu miqdorning ko’p yoki kamligini gigiyenik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydi.

    Zaharli kimyoviy moddalarning inson nasl-nasabiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi, genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning keyingi vaqtda ko’payib barayotganligi kishini tashvishlantirmay qo’ymaydi. Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allergen tariqasida organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda yechilishi qiyin muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Kimyoviy moddalar organizmga juda oz miqdorda tushganda ham embrion hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Shularni e’tiborga olgan gigiyena xodimlari zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorini ishlab chiqdilar. Gigiyena fanidagi murakkab masalalardan biri, ishlab chiqilgan ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir, zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashni davlat tomonidan qat’iy nazoratini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat.

    Shuni, e’tiborga olib, mustaqil Respublikamizda, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalari, ularni qo’llash me’yorlari va me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan.

    Shuningdek, bu me’yorlarni buzganda qo’llaniladigan jazo turlari ham mavjudki, bu kishilardan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlatganda, ularni qo’llaganda yo’riqnomalardagi talablarga rioya qilishni talab qiladi.

    Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzganlik uchun ham jinoiy jazo mavjud bo’lib, Jinoyat Kodeksi (JK) ning 201-moddasiga binoan, xo’jalik faoliyatida o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’it o’sish biostimulyari yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishini hayvonlar parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yil mudattda muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum bo’lishi mumkin.

    Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi.

    Ushbu harakatlar odam o’lishiga sabab bo’lsa, uch yildan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

    Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.

    Olmaliq - Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida.
    Chirchiq - Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi.
    Navoiy viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 apr.da Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi.

    Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qiladi. Tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich o’tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan. Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to’g’ri keladi.

    Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq.

    Jami 43,5 million tonna chiqindilar to’planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo’lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.

    Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida “Navoiy viloyatining 2006-2010 yillarga mo’ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish” dasturi ishlab chiqilgan.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko’payishi ham shahar havosiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

    2006-yil 21-martda Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, shaharda 3000 ta taksi ro’yxatdan o’tgan, mingdan ortiq davlat tashkilotlari mashinalari va xususiy mashinalar mavjud.

    Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to’rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to’g’ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi.

    Bu esa, insonlar sog’lig’i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o’ylashimiz zarur bo’ladi.

    Butun tirik organizmlarni o’z bag’riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko’payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omllar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo’lsa, ular vaqr o’tishi bilan o’z-o’zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o’tib qoladi. Atmosfera havosining o’z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog’ingarchilik asosiy o’rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo’lgan zararli omillarni qor va yomg’ir suvlari yuvadi. Yog’ingarchilik qanchalik ko’p bo’lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o’simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o’ziga singdirib oladi.

    Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o’simliklar olamiga asoratli ta’sir ko’rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ko’plab tadbirlar amalgam oshirilmoqda.

    Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko’zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo’ladi.



    Texnologik tadbirlar. Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab, ob’yektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo to’xtatish mumkin bo’ladi.

    Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. Bunday jarayon berk jarayon bo’lib, bunda chiqindilardan umuman bo’lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi. Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosini toza bo’lishida katta ahamiyatga ega.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan. Yana bir muhim masala, zaharli moddalarni zahari kam bo’lgan moddalarga almashtirishdir.

    Masalan, ko’mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bialn isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo’qotish ham texnologik jihatdan muhim hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo’lsa ham to’xtab qolmasligi kerak. Agar jarayon to’xtab qolsa, chiqindilar to’planib atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug’dirishi mumkin.

    Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo’lmasa ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan hushyorlikni talab qiladi.

    Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi masalalarni oladi:



    • Shahar hududini zonalarga bo’lish;

    • Tabiiy changlarga qarshi kurashish;
      Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
      Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.


    • Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish;

    • Turar joylar loyihalarini takomillashtiish;

    • Turar joylarni ko’kalamzorlashtirish;

    Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan, chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar hududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya me’yorlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalarini qurish uchun yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning paydo bo’lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.
    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Sanitariya-gigiyena tadbirlari sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari, mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo’qotish bilan shug’ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.

    Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va adsorbsiya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular skrubberlar, ko’pik hosil qiluvchi apparatlar, barboterlar va boshqa moslamalardir.

    Atmosfera havosini tozalash yo’lida olib borilayotgan ishlar atmosferaga tushayotgan iflosliklarni bir necha million tonnaga kamaytirmoqda.

    Bu o’z navbatida, aholining salomatligini saqlashda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya nazorati joriy qilingan. Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:


    • Gigiyena jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:

    • Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular orqali zaharli gazlar chiqishiga yo’l qo’ymaslik;

    • Xom ashy ova reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalardan me’yorida foydalanish;

    • Korxonalarda ishlab chiqarilayotganmahsulotlarni qadoqlash va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;

    • Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o’tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur.

    • Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi;

    Keyingi yillarda kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi natijasida artof-muhit, insonlar salomatligi yomonlashdi va bu jarayon davom etmoqda, deyishimiz mumkin. Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo’ladigan ta’sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.

    Bu borada sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari kishilar salomatligini kimyoviy zaharli moddalarning qoldiqlari ta’siridan asrashga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanganida, ularning qoldiqlari atrof muhit ob’yektlari bo’lmish, mehnat qilish xonalaridagi havoda, suv havzalarida, turar joylarning atmosfera havosida, tuproqda va boshqa ob’yektlarda pestidsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko’pligini gigiyenik asosda ishlab chiqilgan me’yorlari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi.

    Gigiyena xodimlari havodagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan (mumkin bo’lgan me’yoriy miqdor) miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar miqdorini me’yoridan oshirmaslik vazifasini qo’yadi. Shu sababli, ko’pgina korxonalarda texnologik jarayonlar o’zgartirildi, tutun, chang, qurum va zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o’rnatildi. Har bir kimyoviy jarayon uchun mumkin bo’lgan me’yoriy miqdor ishlab chiqildi va uni amalga oshirish, ishlab chiqarishda tadbiq etishga ahamiyat berildi.

    Agar, atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda faqat moddaning nomini, miqdorini bilishning o’zi kifoya qilmaydi, bunda aniqlangan miqdor ruxsat etiladigan miqdordan necha foiz ortdi, deb so’raladi. Atmosfera havosida zaharli kimyoviy moddalarning mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorini aniqlash uchun dastlab, eng kichik miqdor aniqlanadi.

    Bu kichik miqdor mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni aniqlash uchun kerak bo’lgan limitli sezgir ko’rsatgich bilan izohlanadi. Inson organizmidagi sezgi a’zolari havodagi zaharli moddalar hidini sezmasa, shu zaharli modda tashqi muhitga zarar yetkazmasa, u holda zaharli moddalarning limit ko’rsatkichi insonning sezgi a’zolari hisoblanadi. Chunki,bugungi kunda eng kichik miqdorni insonning sezgi a’zolari aniqlaydi.

    Aniqlangan miqdor tashqi muhitga ta’sir qilsa, u holda gigiyenik me’yor ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o’zgartiruvchi eng kichik miqdor nazarda tutiladi. O’rtacha mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni aniqlash uchun zaharli moddaning umumiy ta’siri o’rganiladi. Buning uchun sutkalik maxsus tajriba o’tkaziladi.

    Tajribalar asosan, oq kalamush, dengiz cho’chqasi kabi laboratoriya hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kameralarda 3-4 oy tajriba o’tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan o’rganilayotgan modda yuboriladi, eng kichik ta’sir qilmaydigan miqdor ana shunday topiladi.

    Bu miqdor mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorni topish uchun asos bo’ladi. Hayvon organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar bilinar-bilinmas bo’lishi mumkin. Shu sababli, bunda eng nozik asboblardan fiziologik, biokimyoviy, gistokimyoviy hamda morfologik usullardan foydalanilib, eng nozik ko’rsatkichlar aniqlanadi.

    Tajriba vaqtida oliy asab sistemasidagi o’zgarishlarga katta ahamiyat beriladi. Ayrim tajribalarda qonning fermentativ holati, oqsil fraksiyalari, B1, B2 va boshqa vitaminlar yetishmasligi, embrionga, spermatozoidga ta’siri o’rganiladi.

    Keyingi yillarda olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, ba’zi zaharli moddalarning oz miqdori ham turli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin ekan. Aholi yashash joylari atmosfera havosi tarkibida bir vaqtning o’zida bir necha xil ta’sirchan kimyoviy moddalar bo’lishi mumkin. Organizmga bir qancha zaharli moddalarning ta’siri qanday o’rganiladi? degan savol tug’iladi.

    Gigiyena xodimlari bu borada ham bir qancha nazariy va amaliy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Agar atmosfera havosi tarkibida bir qancha zaharli moddalar mavjud bo’lsa va baravar ta’sir ko’rsatsa, ularning atmosfera havosidagi mumkin bo’lgan me’yoriy miqdori quyidagi formula bilan topiladi:

    ya’ni, C1, C2, C3, Cn atmosfera havosidagi zaharli moddalarning haqiqiy miqdori;

    MChM1, MChM2, MChMn mazkur moddalarning atmosfera havosidagi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori;

    Ko’rinib turibdiki, zaharli moddalarning konsentrasiyasini har bir moddaning MChM ga bo’lgan nisbati birdan oshmasligi kerak. Atmosfera havosining inson organizmiga ta’sirini o’rganishda yuqorida aytib o’tilgan holatlar nazarda tutilishi zarur, aks holda bajariladigan vazifalar kutilgan natijalarni bermaydi.

    Ma’lumki, tirik organizmlar bir qator muhim va murakkab vazifalarni bajaradi, bunda barcha a’zolar ishtirok etadi. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharli moddalar ana shu sistemalar faoliyatiga yomon ta’sir ko’rsatadi.

    Agar zaharli moddalar kishi organizmiga surunkali tushib tursa, ularning asorati yaqqol ko’rina boshlaydi. So’nggi yillarda kimyoviy ta’sirotlar natijasida tirik organizmlarda kechadigan o’zgarishlarni matematik yo’l bilan hisoblash, tahlil qilish va xulosa chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.

    Mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorning ishlab chiqilishi gigiyena fanining katta yutug’idir, bu sanitariya amaliyotida asosiy qurol hisoblanadi.

    Sanitariya xodimlari MChM yordamida ogohlantirish beradilar, kundalik sanitariya nazoratini amalga oshiradilar. Hozirgi kunda atmosfera havosidagi 600 ga yaqin kimyoviy zaharli modda MChM ishlab chiqilgan, shuningdek, 33 ta moddaning birgalikda ta’sir qilishi o’rganilib, ular uchun me’yoriy miqdorlar belgilangan.Gigiyena fani uchun murakkab masalalardan biri-ishlab chiqilgan mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir.

    Har bir zaharli modda atmosfera havosi orqali organizmga tushadigan bo’lsa, unga organizm o’ziga xos biologik reaksiyalar bilan javob beradi. Masalan, kishi betoblanishi, o’lishi ham mumkin. Atmosfera havosi ifloslangan bo’lishiga qaramay, turli organizmlarga turlicha ta’sir qiladi.

    Xorijiy mamlakatlarda mumkin bo’lgan chegaraviy miqdor bizning mamlakatimizdagi mumkin bo’lgan me’yoriy miqdordan farq qiladi. Masalan, sulfid angidrid uchun bizda MChM 1 m3 atmosfera havosida 0,05 mg ga teng bo’lsa, AQSh da 0,26 mg, Fransiyada 0,75 mg, Shetsiyada 0,25 mg, Polshada 0,35 mg, Yaponiyada esa 0,1 mg.

    Pólsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski - Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) - Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    deb qabul qilingan. Kimyo sanoati keyingi 30-40 yil ichida jadal rivojlandi, natijada zaharli moddalarnin organizmlarga ta’siri ham ko’paydi. Har bir kimyoviy zaharli moddalar uchun mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorni ishlab chiqish ancha murakkab bo’lishiga qaramay, faqatgina MChM ishlab chiqilgandan keyingina ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.




    Download 3,38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 3,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kimyo va ekologiya kafedrasi

    Download 3,38 Mb.