Oqava suvlar va ichimlik suv muammosi




Download 3.38 Mb.
bet2/26
Sana24.03.2017
Hajmi3.38 Mb.
#1180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
KIRISH

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, hozirgi vaqtda global iqtisodiy inqiroz Dunyo mamlakatlari orasida innovatsion ishlab chiqarish aloqalarini susaytirgani barchaning diqqat markazida bo’lmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida mahalliy xom ashyolardan foydalanish haqida alohida to’talib, mahalliy xom ashyolarni izlab topish, uni va chiqindilarni qayta ishlash hamda xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish bugungi kundagi eng muhim dolzarb muammo ekanligini ta’kidlab, iqtisodiy inqirozdan chiqishning yana bir yo’li nanotexnologiyalar asosida olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalariga bog’liqligini aytib o’tganlar.

Biz bajargan tadqiqot ishi aynan ana shu yo’nalish bo’lib, mustaqil O’zbekistonimizning nafaqat iqtisodiy balki ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.

Keyingi yillarda atrof-muhitga sanoat korxonalari tomonidan chiqarilayotgan zaharli gazlarni va oqava suvlarni tozalash borasida turli tadqiqot ishalri olib borilmoqda. Ammo hozirgi kunda chiqindi gazlarni va oqava suvlarni tozalashda qo’llanilayotgan vositalar O’zbekiston Respublikasi davlat texnik nazorat qo’mitasi talablarini to’la qanoatlantira olmayapti. Yangi tarkibga ega, iqtisodiy jihatdan arzon, sorbsiyalash darajasi yuqori sorbentlar olish va sorbsiyalangan chiqindilarni qayta ishlab chiqarishga yo’naltirish dolzarb vazifa hisoblanadi.



Download 3.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 3.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oqava suvlar va ichimlik suv muammosi

Download 3.38 Mb.