Kompyuter grafikasi turlari




Download 4,78 Mb.
bet67/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
Bog'liq
SSAT

Kompyuter grafikasi turlari.


Ikki о`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:


  • rastrli grafika;


  • vektorli grafika;
  • fraktal grafika.


Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va ustunlarga bo‘linadi, tasvirning mayda bo‘laklari – piksellardan iborat bo‘ladi.
Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dots per inch – bir dyuymdagi nuqtalar) da o‘lchanadi.
Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasviri 300 dpi zichlikda chop etish uchun 11x8 dyuym2 о`lchamli qog`oz kerak bo‘ladi. 1 dyuym=300 bo‘lsa, 1dyuym2
=90.000 (3200*2400)/9000 =85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym2 ga teng.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir chiziqlardan tashkil topadi.
Fraktal so‘zi lotincha fractus so‘zidan olingan bo‘lib, maydalangan, bo‘lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo‘lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo‘lib, ular yordamida daraxtlar, o‘rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardanvirtual borliq, animatsiya, kompyuter o‘yinlari va matematik modellashtirishda keng foydalaniladi. (4-rasm)

      1. rasm. Fraktal tasvirlarning ko‘rinishi.


Yuqorida keltirilgan rastr, vektor va fraktal grafikalari o‘rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‘tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.

Download 4,78 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Download 4,78 Mb.