NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sh.Tursunov S.Absobirov
SAN’AT SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI USLUBIY QO‘LLANMA
(Mazkur uslubiy qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 60210400- Rangtasvir (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan)
Navoiy-2024
“San’at sohasida axborot texnologiyalar”. Uslubiy qo‘llanma. - Navoiy-2024 – 176 bet
Ushbu o‘quv qo‘llanma 60210400- Dizayn (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishda “San’at sohasida axborot texnologiyalar” kursi bo‘lajak dizayn, san`at sohasidagi o‘qituvchilarda o‘qitishning muammolarini mustaqil yecha olish, o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish ko‘nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarni hal qilishga qaratilgan. San’at sohasida axborot texnologiyalar fani oliy o‘quv yurti talabalari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
Tuzuvchilar:
Taqrizchilar:
ANNOTATSIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60210400- Dizayn (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “San’at sohasida axborot texnologiyalar” fanining maqsad va vazifalari, Qо‘llanmada Microsoft Officce amaliy dasturlar paketi haqida tushunchalar, MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access dasturlari, uch o‘lchovli grafikaning qo‘llanilish sohalariga oid ijodiy qobiliyatini oshiradi, grafikaga oid fikrlashini, rastrli, vektorli va fractal, uch o‘lchovli grafikaning asosiy tushunchalari, uch o‘lchovli grafikaning qo‘llanilish sohalari, Corel Draw haqida tushuncha, Adobe Photoshop dasturi va unda ishlash, grafik ma’lumotlarni hosil qilish, namoyish etish va tahrirlash dasturlari, obyektlarni belgilab olish bo‘yicha batafsil ma`lumotlar yoritilgan. Shu jumladan ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etishda ta’lim texnologiyalari kо‘rsatib о‘tilgan.
|