|
Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari
|
bet | 7/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Barcha multimediyali kompyuterlar asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi. Asosiy qurilmalariga kompyuter ishlashi uchun albatta mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan qurilmalar kiradi. Ular quyidagilardan iborat:
Monitor;
Tizimli blok;
Klaviatura va sichqoncha;
Kolonka.
rasm. Multimediyali kompyuterlarning asosiy qurilmalari
Monitor – bu vizual chiqarish qurilma bo‘lib, asosiy vazifasi sonli, matnli, grafikli, audio va video ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlashdan iborat. Monitorlar ishlab chiqarilish texnologiyasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
Elektron-nurli
Plazmali
Suyuq kristalli
Sensorli
Клавиатура – bu kompyuter xotirasiga alfavit raqamli ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma.
Standart holda klaviaturadagi tugmalar soni 101 tadan 105 tagacha bo‘lishi mumkin. Lekin hozirda asosan multimediyali klaviaturalar ishlab chiqarilmoqda. Ularda qo‘shimcha bir qancha tugmalar kiritilgan. Klaviatura harfli tugmalarning joylanishiga ko‘ra ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo‘linadi.
rasm. QWERTY standari ko‘rinishidagi klaviatura
Klaviaturadagi barcha tugmalarni shartli ravishda to‘rtta guruhga ajratiladi:
Alfavit-raqamli va belgili tugmalar. Bularga bo‘sh joy, 0-9 gacha raqamlar, A-Z lotin alifbosi harflari, А-Я kiril alifbosi harflari, tinish belgilar, xizmatchi tugmalar, amal belgilari "+", "-", "/" kabi tugmachalar kiradi. Alfavit- raqamli va belgili tugmalar guruhiga tegishli tugmachalarning asosiy vazifasi belgili ma’lumotlarni va harflar orqali teriladigan buyruqlarni kiritishdan iborat. Har bir tugmacha ikki rejimda – quyi registr va yuqori registrlarda ishlaydi, shunga ko‘ra bir necha belgilarni kiritish imkoniyatiga ega. Quyi registrdan yuqori registrga o‘tish uchun “Shift” tugmasi bosib turiladi, yoki “Caps Lock” tugmasi bosib qo‘yiladi. Til standartlarini o‘zgartirish klaviaturalarda har xil bo‘lishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘p hollarda o‘ng Alt+Shift yoki ikkita Shift yoki o‘ng Ctrl+Shift tugmalarni birgalikda bosish orqali bajariladi.
|
| |