|
-rasm. Axborot texnologiyasining ba’zi texnik vositalari
|
bet | 4/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT 1-rasm. Axborot texnologiyasining ba’zi texnik vositalari.
Axborot texnologiyalarining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtogringizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);
telefon tarmoqlari orqali (og‘zaki);
zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o ‘zingiz belgilab olasiz.
Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo‘maganda arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olasiz.
Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o‘z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari birbirini to‘ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida turlicha rivojlanib borib, har xil ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Eng sodda zamonaviy axborot sistemasigacha uning paydo bo‘lishi, so‘ngra muloqotning paydo bo‘lishi uchun insondan alohida vosita talab qilinmagan. Unga inson miyasining quvvati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot almashishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‘zaki hikoyalarda yig‘ilishi, xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib borishi insonning tabiiy imkoniyatlari tufaylidir. Taraqqiyot bosqichlari rivojlangani sari, insoniyatning axborot to‘plashi, qayta ishlashi va uzatishi usuli o‘zgarib borgan.
Axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
|
| |