• Home”
  • Qo‘shimcha tugmachalar.
  • Sichqoncha
  • Tizim bloki
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet8/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    Funksional tugmachalar. Bular F1, F2, F3 .. F12 – bu tugmalar maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari bo‘lib, ular har xil dasturlarda har xil vazifalarni bajaradi.
    Yo‘nalish tugmalari. Bu guruhga kursorni harakatga keltiruvchi tugmalar kiradi. Ular: kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitishni ta’minlaydi. Bundan tashqari quyidagi tugmalar ham bu guruhga kiritilgan: “Home” tugmasi - satr boshiga o‘tish;
    End” tugmasi - satr oxiriga o‘tish;
    PageUp” tugmasi – bir sahifa yuqoriga o‘tish;
    PageDown” tugmasi – bir sahifa pastga o‘tish;
    Insert” tugmasi – belgilarni o‘chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rtnatish;
    Delete” tugmasi – kursordan o‘ngda joylashgan bitta belgini o‘chirish kabi amallarni bajaradi.
    Qo‘shimcha tugmachalar. Bu tugmachalar klaviaturaning o‘ng qismida alohida qo‘shimcha panel ko‘rinishida joylashgan bo‘lib, ular raqamlar va kursorni yo‘naltiruvchi tugmalardan tashkil topgan. Bu tugmalardan asosan sonli ma’lumotlarni kiritishda foydalanadi. Shuning uchun ular sonlarni yozishga qulay qilib joylashtirilgan. Kursorni yo‘naltiruvchi tugmachalarni aktivlashtirish uchun “Num Lock” tugmasi bosib qo‘yiladi.
    Sichqoncha Uning yordamida kompyuterni boshqarish hamda dasturlar bilan ishlash juda ham qulay.
    Sichqoncha harakatining natijasi monitorda kursor ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va kursor sichqoncha harakatini aynan takrorlaydi. Sichqonchada 2 ta – chap va o‘ng tugmachalar mavjud. Ular yordamida foydalanuvchi turli amallarni bajaradi. Sichqonchaning old qismi o‘rtasidan o‘rin olgan g‘ildirakcha foydalanuvchiga sahifani yuqoriga yoki pastga siljitishiga yordam beradi.



    1. rasm. Simli va simsiz sichqonchalar.




    Tizim bloki keys deb nomlanuvchi maxsus qoplama bilan qoplangan. Agar keysni olib tashlasak, biz uning ichida joylashgan asosiy plata, protsessor, xotira va boshqa qurilmalarni ko‘rishimiz mumkin:

    1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




    Download 4,78 Mb.