• 9-rasm. Mikroprotsessorlar .
  • Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet9/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    rasm. Tizim bloki


    Tizim blokining asosiy vazifasi kompyuterning barcha qurilmalarini birlashtirishdan va ularning ishini ta’minlashdan iborat.




    8 – rasm. Tizim bloki va uning ichida joylashgan ba’zi qurilmalar.


    Kompyuter ham inson kabi o‘z xotirasi va “miyasi” hisoblangan protsessor qurilmasiga ega. U ham bir necha vazifani bajara oladi: boshqarish, hisoblash, xotirada saqlash amallari.



    9-rasm. Mikroprotsessorlar.


    Hozirgi paytda mikroprotsessor ishlab chiqaradigan firmalarning soni anchagina. Shular ichida Intel firmasining Core i3, Core i5 va Core i7 rusumli mikroprotsessorlarining 9-avlodlari va AMD firmasining Ryzen Threadripper 3960X, Ryzen Threadripper 3970X kabi mikroprotsessorlari protsessorlar bozorida eng kuchli deb tan olingan protsessorlar hisoblanadi.


      1. Kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari


    Hozirgi kunda biror ish yurituvchini yoki korxona ish faoliyatini printer, skaner, faks, modem (router), veb-kamera, ovoz kuchaytirgich, quloqchin kabi vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta, siz ular haqida eshitgansiz va ulardan foydalanib kelmoqdasiz. Bu qurilma va vositalar kompyuterning asosiy qurilmalari hisoblanmasada, insonlarning kundalik hayotida ularga ehtiyoj juda katta. Keling, bu qurilmalar bilan yaqinroq tanishib chiqamiz:




    1. rasm. Tizim bloki va kompyuterning tashqi qurilmalari.


    Kompyuterning tashqi qurilmalari yordamchi qurilmalar deb ham yuritiladi.


    Ularni vazifalariga ko‘ra:

    1. ma’lumotlarni kiritish qurilmalari;




    1. ma’lumotlarni kompyuterdan chiqarish qurilmalari;




    1. ma’lumotni ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalariga ajratish mumkin.

    Kompyuterlar qo‘shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo ularsiz axborotni izlash, qayta ishlash, tashqi xotirada saqlash, uni chop etish yoki uzatish amallarini bajarib bo‘lmaydi.


    Qo‘shimcha qurilmalar orasidan eng ko‘p foydalaniladigan, yaratilgan hujjatlarni chop etishda beqiyos imkoniyatlarga ega qurilma bu — printer.
    Printer — kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop etib beruvchi qurilma.
    Printerning bir necha turi mavjud:
    1) purkagichli; 2) lazerli; 3) matritsali; 4) ko‘p funksiyali (printer, skaner, kseroks).




      1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




    Download 4,78 Mb.