• Axborot texnologiyalarining ta’minoti.
  • Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari




    Download 4,78 Mb.
    bet5/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    . Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.




    I bosqich — yozuvning paydo bo‘lishi, saqlanishi va avloddan-avlodga o‘tishi. Yozuv paydo bo‘lishi bilan inson qayta ishlash texnologiyasidan birinchi marta quvvat oldi.

    1. bosqich — XVI asr o‘rtalarida kitob bosish vositalarining yaratilishi bilan bog‘liq. Bu hodisa madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish ilm- fanning rivojlanishi bilan birga, soha bilimlarining ham jadal rivojlanishiga olib keldi. Mehnat jarayonida, dastgohlarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlar yangi fikrlash manbayi va ilmiy yo‘nalishlarga tatbiq etildi.

    2. bosqich — XIX asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‘lishi bilan birga telefon, telegraf, radio orqali ko‘p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi.

    3. bosqich — axborot revolyutsiyasi sodir bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EHMlarning yaratilishi davriga to‘g‘ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo‘lgan mikrotexnologiya va shaxsiy kompyuterlar yaratildi. Hisoblash texnikasining rivojlanishi evolyutsiyasida mikroprotsessor yo‘nalishi paydo bo‘ldi. V bosqich — XX asr oxiri. Boshqarish tizimlarini osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash negizida bizga boshqaruv tizimini o‘rganish imkoniyatini beradigan algoritm va modellar bor. Kompyuterlarning paydo bo‘lishi insoniyatning ulkan yutug‘i hisoblanadi. Kompyuter axborotni xotirasida yig‘ib, uni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bu bosqichning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan

    dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir.


      1. Axborot texnologiyalarining ta’minoti.


    Kompyuter – bu dasturiy boshqariluvchi universal elektron qurilma bo‘lib, ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, saqlash va uzatish vazifasini


    bajaradi. Hisoblash mashinalari yaratila boshlagan davrdan buyon, ularni dasturiy boshqarish prinsipi asosida ishlab chiqishga harakat qilingan. Kompyuterning dasturiy boshqarilish prinsipi shundan iboratki, buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topgan dastur avval kompyuter xotirasiga yoziladi. So‘ng kompyuter bu dasturda keltirilgan buyruqlarni avtomatik ravishda bajarishga kirishadi.
    Dastur – bu oldindan belgilangan ma’lum bir tartibda bajariladigan arifmetik, mantiqiy va boshqa turdagi amallarning chekli ketma-ketligidir. Kompyuter dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan va kompyuter xotirasiga kiritilgan dastur asosida ma’lumotlarni qayta ishlaydi.

    Download 4,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




    Download 4,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

    Download 4,78 Mb.