|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 2/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Данное учебное пособие предназначено для студентов бакалавриата специальности 60210400-Дизайн (по видам деятельности), содержит цели и задачи науки «Информационные технологии в сфере искусства», в Руководстве Понимание пакета программ Microsoft Office, MS Word , MS Excel, MS Power Point, программы MS Access, развивающие творческие способности в приложениях трехмерной графики, графическое мышление, растровое, векторное и фрактальное, трехмерное Основные понятия графики, области применения трехмерной графики, Освещены концепция Corel Draw, программа Adobe Photoshop и работа с ней, программы для создания, отображения и редактирования графических данных, а также подробная информация по определению объектов. В том числе образовательные технологии в организации лекционных занятий.
This study guide is intended for undergraduate students of 60210400- Design (by types of activities), it contains the goals and tasks of the science "Information technologies in the field of art", in the Guide Understanding of Microsoft Office software package, MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access programs, enhances creativity in three-dimensional graphics applications, graphic thinking, raster, vector and fractal, three-dimensional The basic concepts of graphics, the areas of application of three-dimensional graphics, the concept of Corel Draw, the Adobe Photoshop program and working with it, programs for creating, displaying and editing graphic data, and detailed information on defining objects are covered. . Including educational technologies in the organization of lecture classes.
KIRISH
Bugun “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha dunyoda eng dolzarb masalaga aylanganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ayni paytda axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim va malakaga ega bo‘lgan, ulardan unumli foydalana oladigan zamonaviy mutaxassislar milliy iqtisodiyotimiz uchun nihoyatda zarur. Barchamiz bu masalani chuqur anglagan holda, shu maqsadga erishish uchun jiddiy harakat qilishimiz shart. Bu ishga bugun kirishmasak, ertaga kech bo‘ladi”-dedi Sh.M.Mirziyoyev..
Fan va texnika rivojlanib botayotgan ayni paytda ma’lum bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot texnologiyalarsiz, jumladan kompyuter texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jumladan, axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o‘quv jarayonida yangi o‘qitish uslublarini qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Shuningdek, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘ziga xos inqilobiy jarayoni bu o‘rinda alohida e’tirof etish mumkin. Shuning bilan bir qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishni ham tobora ortirib bormoqda.
Yangidan-yangi dasturiy vositalarning yaratilishi nafaqat professional mutaxassislar balki informatika va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa o‘quv jarayonining laboratoriya ishlarini tashkil etishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishda “San’at sohasida axborot texnologiyalar” kursining ahamiyati juda kattadir. “San’at sohasida axborot texnologiyalar” kursi bo‘lajak dizayn, san`at sohasidagi o‘qituvchilarda o‘qitishning muammolarini mustaqil yecha olish, o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish ko‘nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarni hal qilishga qaratilgan. San’at sohasida axborot texnologiyalar fani oliy o‘quv yurti talabalari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish, fanning tuzilishi va mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur o‘rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
San`at sohasida axborot texnologiyalar fanining maqsadi - talabalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining nazariy asoslari haqida mos bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish.Fanning asosiy vazifasi – talabalarga zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash, kompyuterda grafik jarayonlarni avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
|
| |