• 2-rasm. Zamonaviy multimediali kompyuter
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet6/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    Multimediali kompyuter — bu multimedia texnologiyalari asosida ishlay oladigan texnik va dasturiy ta`minotga ega bo‘lgan kompyuterdir. Barcha zamonaviy kompyuterlardagi kabi multimediyali kompyuterlar ham ikkita murakkab o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi elementlarni o‘z ichiga oladi. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy (software) ta’minotlardir.
    Zamonaviy kompyuterlar matnli, sonli va grafik ma’lumotlarni qayta ishlash bilan birga video, audio ko‘rinishdagi ma’lumotlarni yaratish va ko‘rsatish imkoniyatlariga ham egadir. Audio hamda video berilganlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan komyuterlar zamonaviy multimediyali kompyuterlar deb ataladi. Bunday kompyuterlarda musiqa asarlarini eshitish va yaratish mumkin, video lavhalar asosida filmlar, slaydshoular va boshqa multimediya mahsulotlari yaratish mumkin. Zamonaviy multimediyali kompyuterlarda qo‘shimcha ravishda DVD/CD disk yurituvchilar, ovoz kartalar, video kartalar, mikrafon, kolonkalar kabi multimedya qurilmalari bilan jihozlangan bo‘ladi.



    2-rasm. Zamonaviy multimediali kompyuter


    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasining asosini magistral- modulli prinsip tashkil etadi. Kompyuterlarning modulli tashkil etilishi qurilmalar orasida ma’lumotlar almashinishning magistralli (shinali) prinsipiga tayanadi.
    Bundan tashqari modulli prinsip kompyuterlarni yangi multimediya qurilmalari bilan boyitish imkonini yaratadi.



    1. rasm. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning funksional sxemasi


    quyidagicha:


      1. Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi


    Ma’lumki, barcha Fon Neyman arxitekturasi asosida yaratilgan kompyuterlarning ishlash prinsipi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular ba’zi texnik detallari bilangina farqlanadi. Fon Neyman arxitekturasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri buyruqlar manzili hisobchisidir. Boshqarish qurilmasining bu maxsus ichki registri doimo dasturdagi keyingi buyruq saqlanayotgan xotira yacheykasini manzilini ko‘rsatib turadi. Kompyuterlar o‘chirilgan yoki qayta yuklanayotgan vaqtda buyruqlar manzili hisobchisi registriga kompyuterlarning doimiy xotirasida joylashgan va kompyuterlar barcha asosiy qurilmalari ishini to‘xtatib qayta yuklashni amalga oshiruvchi dastur manzili yoziladi. Kompyuterlarning boshlang‘ich yuklanishidagi keyingi amallar shu dasturdagi buyruqlarga ko‘ra ketma-ket bajariladi. Shunday qilib, kompyuterlarning ishi – u yoki bu dasturdagi buyruqlarni uzluksiz bajarishdan iborat, bundan tashqari bu dasturlar o‘z navbatida bоshqa yangi dasturlarni xotiraga yuklashi mumkin. Har qanday dastur bir qancha mashina buyruqlaridan tashkil topadi. Har bir mashina buyruqlari o‘z navbatida bir necha elamentar tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi. Bu


    tashkil etuvchilarni “takt”lar deb atash qabul qilingan. Buyruqlar murakkablik darajasiga ko‘ra bir yoki bir necha taktdan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lumotlarni protsessorning bir ichki registridan boshqasiga o‘tkazish buyrug‘i bir necha taktdan iborat. Yoki ikki sonning ko‘paytmasini hisoblashni olsak, bu ham bir necha taktlardan tashkil topgan.

    Download 4,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




    Download 4,78 Mb.