|
§. SAN’AT SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
|
bet | 3/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT 1§. SAN’AT SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
“Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so‘zi yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketmaket bajarilishini ko‘zda tutadi.
Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas.
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunda asosiy o‘rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko‘rsatib o‘tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bolib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar — bu axborot texnologiyalarining texnik-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. (Axborot texnologiyalarining texnik vositalaridan namunalar 1-rasmda keltirilgan.)
|
| |