8-rasm. Tayyor sahifa shablonlar oynasi
Bunda foydalanuvchiga tayyor sahifa shablonlari taklif etiladi. Shablonlarda rang, shrift, abzas va jadvallar tayyor holga keltirilgan va ularga ishlov berilgan bo‘ladi. Foydalanuvchidan faqat matnga o‘zgartirish kiritish talab qilinadi, xolos. Tayyor shablonlar, bir tomondan, vaqtdan yutish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, jahon standartlariga mos parametrlarda ishlangan hujjatni taqdim etadi. Agar
foydalanuvchi hujjatni o‘z xohishiga ko‘ra yaratmoqchi bo‘lsa, u holda MS Word dasturining formatlash paneliga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi.
9-rasm. Главная (Asosiy) panel
Matnni formatlash bu — matnning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi amallarni bajarishdir.
Matn protsessorida hujjatlarni formatlash jarayonini 3 qismga bo‘lish mumkin:
belgilarni (shriftlarni) formatlash;
abzaslarni formatlash;
hujjatlarni formatlash.
Formatlash panelidagi ba’zi piktogrammalari bilan tanishamiz. Belgilarni formatlash paneli:
shrift turi (гарнитура); shrift o‘lchami (кегль);
Tanlangan matn harflar rangini o‘zgartirish;
Qalin harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib kеtish;
Qiyshiq harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib kеtish; Chiziqli harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib kеtish;
Abzaslarni formatlash paneli:
Raqamli ro‘yxat ko‘rinishiga o‘tkazish yoki undan chiqib kеtish;
Bеlgili ro‘yxat ko‘rinishiga o‘tkazish yoki undan chiqib kеtish; Abzasni tashqariga chiqarish;
Abzasni ichkariga tortib olish;
Abzas chеgaralarini ramka bilan bеlgilash;
satrlarni tekislash usullari (chapga, markazga, o‘ngga va kengligi bo‘yicha);
abzaslar orasidagi masofa;
|