usul. Ish stolida ikonkani (dasturning belgisi) bosing.
usul. Ish stolining masalalar panelida piktogramma (dastur belgisi) tugmachani bosing.
rasm. Dastur ishga tushirilgach, ekranda uning ko‘rinishi (interfeysi) hosil bo‘ladi.
4-rasm. Microsoft Word dasturini interfeys oynasi
Sarlavha satrida tezkor murojaat paneli, hujjat nomi va oynachani boshqarish tugmachalarijoylashgan.
5-rasm. Tezkor murojat etish paneli
Tezkor murojaat etish paneli. Bu panelda yangi hujjat ochish, uni saqlash, buyruqni orqaga hamda oldinga qaytarish tugmachalari joylashgan.
Menyu bo‘limi — Ribbon (Tasma) deb nomlangan panel ko‘rinishida joylashgan.
Unga Файл, Главная, Вставка, Конструктор, Макет, Ссылки, Рецензирование, Вид,Справка panellari joylashgan.
Главная (Asosiy) panelida hujjatni formatlash va tahrirlash uskunalari joylashgan bo‘lib, 5 qismdan iborat (Буфер обмена, Шрифт, Абзац, Стиль, Редактирование).
7-rasm. Главная (Asosiy) panel
MS Word dasturi boshqa matn muharrirlaridan nafaqat shrift turi, o‘lchami, stili kabi imkoniyatlari bilan, shuningdek, hujjatlarning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam va yorqin qiluvchi har xil boshqa amallarning mavjudligi bilan ham farq qiladi. Bu imkoniyatlarni dastur ishga tushgan zahoti ko‘rishimiz mumkin.
|