|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 21/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSATrasm. Faol katak diapazoni aniqlash
Katakka kiritiladigan ma’lumot turi
MS Excel dasturining kataklariga uch turdagi ma’lumotlarni kiritish va ularni tahrirlashmumkin:
rasm. Katakka kiritiladigan ma’lumot turi
MS Excel dasturi jadval kataklariga kiritilgan ma’lumotlar turini avtomatik ravishda aniqlashga harakat qiladi. Formulalarni kiritish “=” belgisi bilan boshlanadi hamda dastur kiritilayotgan ma’lumotni formula sifatida qabul qiladi.
Dastur kiritilgan ma’lumotlarni raqam sifatida qabul qilgan bo‘lsa, katakdagi raqamlar katakning o‘ng tomoniga (1) joylashadi. Formula va raqam bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni dastur matn sifatida qabul qiladi hamda ular katakning chap tomonida (2) joylashadi:
Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra katakdagi ma’lumotlar joylashuvini o‘zgartirishi mumkin.Ushbu vazifalarni bajarish “Главная” (3) – “Выравнивание”
buyruqlari yordamida amalga oshiriladi:
rasm. Katakdagi ma’lumotlar joylashuvini o‘zgartirish
Katakka formula joylashtirilgach, “Enter” tugmachasi tanlanadi. Tugmacha bosilganda, katakda formulaning o‘zi emas, balki shu formula asosidagi hisob- kitoblar natijasi bo‘lmish ma’lumot (5) hosil bo‘ladi. Ushbu katakdagi formulani formulalar satrida (6) ko‘rish va tahrirlash mumkin.
|
| |