|
Relyatsion ma’lumotlar bazasi
|
bet | 29/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT Relyatsion ma’lumotlar bazasi
Relyatsion ma’lumotlar bazasi deb bir-biri bilan o‘zaro bogliq bо’lgan jadvallar asosida yaratilgan ma’lumotlar bazasiga aytiladi. Bunday ma’lumotlar bazasi ba’zan ma’lumotlar bazasining relyatsion modeli deb ham aytiladi.
1-rasm. Relyatsion ma’lumotlar bazasi
Boshqacha qilib aytganda ma’lumotlar bazasining relyatsion modelida bitta ma’lumotlar bazasi o‘zida bir qancha o‘zaro bog‘langan jadvallarni tasvirlaydi.
Bunda jadvallarning bir-biri bilan bog‘liqligi ma’lumotlarning tuzilishida о’z aksini topadi. MBning har bir jadvali о’z qator va ustuniga ega bо’lib, har bir qator obyektning bir elementi haqidagi to‘liq ma’lumotni saqlaydi va yozuv deb ataladi, ustuni esa obyektning bir sifatini yoki ma’lum bir xossasini ifodalab maydon deb ataladi.
Quyidagi MB jadvali kutubxonadan abonentlar kitoblarni olishi yoki qaytarishi haqidagi ma’lumotlarni aks etdiradi.
Sana
|
Kitob nomi
|
Abonent
|
Belgi
|
01.05.2023
|
O‘n sakkizga kirmagan kim bor
|
Xudayberdiyev S.A.
|
oldi
|
01.05.2023
|
Informatika
|
Ergashev A.Z.
|
qaytardi
|
02.05.2023
|
Axborot texnologiyalari
|
Salimov S.D.
|
oldi
|
03.05.2023
|
Fizika
|
Suvonova A.N.
|
oldi
|
Hozirgi kunda relyatsion ma’lumotlar bazasi eng kо’p ishlatiladigan bо’lib, matematik aloqalar nazariyasiga asoslangan. U doktor Edgar Kodd tamonidan ishlab chiqilgan. Relyatsion MBda sо’rovlar tashkil qilish uchun maxsus SQL (SQL — Structured Query Language) strukturalashgan sо’rovlar tili ishlab chiqilgan bо’lib, bu til relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) uchun ishlab chiqarilgan standart til hisoblanadi. Shu sabab foydalanuvchi bir relyatsion ma’lumotlar bazasidan boshqasiga о’tishda shu tildan foydalanadi. Bundan tashqari SQL tili ma’lumotlar bilan yuqori darajadagi amallarni bajarishga mо’ljallangan til bо’lib xizmat qiladi.
|
| |