|
Diagrammani joylashtirish tartibi
|
bet | 27/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
elektron jadvaldagi kerakli ma’lumot joylashgan oraliq belgilanadi;
“Вставка” – “Диаграммы” buyruqlari orqali mazmunga mos diagramma turi tanlanadi;
rasm. “Вставка” – “Диаграммы” oynasi
har bir tanlangan turga tegishli bir necha ko‘rinishlar ro‘yxatidan keraklisi belgilanadi.
Bunda Excel diagrammasi bir necha obyektlardan tashkil topadi.
Obyektlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun namunaviy diagramma yaratamiz.
Deylik, 10-sinflar bo‘yicha qizlar va o‘gil bolalar
sonini ko‘rsatuvchi jadval uchun gistogramma yaratish kerak. Buninguchun:
ma’lumotlar elektron jadvalga kiritiladi:
elektron jadvaldagi sonli ma’lumotlar uchun gistogramma tanlanadi.
diagramma joylashtirilgach, uning o‘ng yuqori burchagida belgi paydo bo‘ladi. Uning yordamida diagrammaga foydalanuvchi uchun kerakli elementlarni joylashtirish mumkin.
Diagramma quyidagi elementlardan tashkil topadi:
o‘qlar (gorizontal va vertikal);
o‘qlar nomi;
diagramma nomi;
ma’lumotlar ko‘rsatkichi;
ma’lumotlar jadvali;
to‘r (“Сетка”);
legenda.
Foydalanuvchi uchun keraksiz elementlarni diagrammadan olib tashlash ham mumkin;
diagramma joylashtirilgach, menyular satrida qo‘shimcha ravishda “Работа с диаграммами” – “Конструктор” va “Работа с диаграммами” – “Формат” menyulari hosil bo‘ladi. Ular yordamida diagrammani tahrirlash va formatlash ishlari amalga oshiriladi.
|
| |