• Topshiriq va nazorat savollari
  • 5§. TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI.
  • rasm. “Yangi bo‘sh jadval yaratish” usuli yordamida jadval yaratishda maydon nomlarini aniqlash




    Download 4,78 Mb.
    bet35/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    rasm. “Yangi bo‘sh jadval yaratish” usuli yordamida jadval yaratishda maydon nomlarini aniqlash


    2. “Конструктор таблиц” – jadval loyihachisi yordamida jadval yaratish. Bu usulda jadval yaratish uchun “Создание” lentasida joylashgan “Конструктор таблиц” buyrugi beriladi. Bunda ishchi maydonda “Таблица1” nomli yangi jadvalning tuzilishini yaratuvchi oyna paydo bo‘ladi. Quyidagi 9-rasmga qarang.

      1. rasm. “Конструктор таблиц” yordamida jadval yaratish muloqat oynasi


    Bunda:
    –“Имя поля” ustuniga MB jadvalining maydonlari nomlari yoziladi;


    –“Тип данных” ustunida berilganlar turlari ko‘rsatiladi;
    “Описание” ustuniga bu maydon tavsifi yoziladi. Bu shart bo‘lmagan parametr hisoblanadi.
    Jadval tuzilishi undagi maydon nomlari, uning turlari va xossalarini aniqlash orqali yaratiladi.
    “Конструктор таблиц” usuli ko‘p ishlatiladigan usul bo‘lib, unda jadval tuzilishi oldindan aniqlab olingan MB loyihasi asosida tashkil etiladi.

    Topshiriq va nazorat savollari


    1. Ma’lumotlar bazasi nima va u oddiy ma’lumotlar to‘plamidan qanday farq qiladi?

    2. Ma’lumotlar bazasi tuzilishi deganda nima tushiniladi?

    3. Qanday ma’lumotlar bazasini boshkarish sistemalarini bilasiz?

    4. Ma’lumotlarning qanday modellarini bilasiz?

    5. Relyatsion ma’lumotlar bazasi nima?

    6. MB jadvallari orasida qanday relyatsion aloqalar bor?

    7. MS Access dasturi qanday dastur?

    8. MS Access dasturi interfeysi qanday elementlarda tashkil topgan?

    9. MS Access dasturida MB tuzilishi qanday aniqlanadi?

    10. MS Access dasturining asosiy obyektlarini sanab bering.

    5§. TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI.




      1. Microsoft PowerPoint dasturi haqida umumiy tushincha.


    Ma’lumki, hozirgi kunda jamiyatning insonlar faoliyat ko‘rsatadigan barcha sohalarida shuningdek san’at va madaniyat sohasida ham kompyuter texnikasi va texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Ko‘p hollarda, soha mutaxassislari o‘zlarining yangi loyihalar yaratish bo‘yicha g‘oyalarini, tadqiqot natijalarini, hisobotlarini, ma’ruzalarini ko‘rgazmaviy va qulay namoyish etish maqsadida elektron prezentatsiyadan foydalanadi.


    Elektron prezentatsiya (lotincha “praesento”- prezentatsiya, taqdim etish) – bu biror bir mavzu bo‘yicha ma’ruza qilish uchun to‘plangan materiallarning tartiblangan holda bir yoki bir necha slaydlar yordamida berilishidir. Slayd – bu prezentatsiyaning bir varag‘i bo‘lib, o‘zida matnlarni, rasmlarni, audio va video ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatiga ega. Bunday elektron prezentatsiya yaratish dastirlaridan biri MS PowerPoint dasturi hisoblanadi.
    Microsoft PowerPoint dasturi Microsoft Office amaliy dasturlar paketi tarkibiga kiruvchi dastur bo‘lib, uning asosiy vazifasi har xil ko‘rinishdagi prezentatsiya materiallari tayyorlash va uni tinglovchilar etiboriga havola etishdir.
    Microsoft PowerPoint dasturi – elektron prezentatsiyalar yaratishga va uni namoyish etishga qaratilgan keng imkoniyatli dastur hisonlanadi. Uning yordamida ixtiyoriy mavzuda va ixtiyoriy soha (tijorat, ilmiy, ta’lim, reklama, shaxsiy) yo‘nalishida elektron prezentatsiyalar yaratish, ularni ekranda ko‘rsatish yoki optik disklarga yozish, loyihalar va nashr hujjatlari yaratish mumkin.
    PowerPoint dasturida yaratilgan fayllar prezentatsiya deb nomlanib, bir qancha slaydlardan tashkil topadi. Prezentatsiya elektron ko‘rinishda, tarqatma material sifatida qog‘ozda va web-sayt ko‘rinishda Internet sahifalarida tasvirlanishi mumkin.

      1. Download 4,78 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




    Download 4,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. “Yangi bo‘sh jadval yaratish” usuli yordamida jadval yaratishda maydon nomlarini aniqlash

    Download 4,78 Mb.