|
MS Access – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
|
bet | 31/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
MS Access – bu MS Office dasturlar turkumiga kiruvchi dastur bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlat bazasi tashkil qilish va uni boshqarish ishlari amalga oshiriladi.
MS Access – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanib, unda relyatsion turga mansub ma’lumotlar bazasi tashkil qilinadi va qayta ishlanadi.
Dasturni ishga tushirish Windows operatsion tizimi uchun standart bo‘lgan usullar “Пуск\Все программы\ Access” buyruqlar ketma-ketligi orqali yoki ish stolida dastur yorlig‘ini sichqoncha ko‘rsatkichi yotdamida ikki marta ketma-ket bosish orqali bajariladi.
MS Access dasturi ishga tushirilganga ekranda yangi ma’lumotlar bazasi yaratish yoki oxirgi ishlatilgan ma’lumotlar bazasini ochish imkonini beruvchi muloqat oyna ochiladi. Shunga ko‘ra bu muloqat oyna yordamida yoki yangi MB fayli yaratiladi yoki mavjud MB fayli korish yoki tahrirlash uchun ochiladi. Quyidagi 4.5-rasmda Access dasturida yangi ma’lumotlar bazasi tashkil etish oynasi ko‘rsatilmoqda.
MS Access dasturida ma’lumotlar bazasi tashkil qilishning 2 xil usuli mavjud.
“Создать\Пустая база данных” buyruqlari yordamida yangi MB tashkil qilish. Bu buyruq berlganda 4.6-rasmdagi kabi muloqat oyna ochiladi. Yangi MB yaratish uchun “Имя файла” maydoniga MB nomi (masalan, “Kutubxona”) yoziladi va uni diskning qayeriga saqlash kerakligi ko‘rsatiladi.Buning uchun papka rasmi bosiladi va ochilgan muloqat oynadan kerakli joy ko‘rsatiladi (4.6-rasmga qarang). So‘ng “Создать” tugmasi bosiladi. Bunda hech qanday tuzilishga ega bo‘lmagan yangi MB tashkil etiladi.
“Создать\Доступные шаблоны” buyruqlari (Отслеживание активов, контакты va boshqalar) yordamida yangi MB tashkil qilish. Bu usulda ma’lum bir strukturali yangi MB tashkil qilinadi.
|
| |