|
Dastur interfeysi elementlari
|
bet | 32/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Ma’lumotlar bazasi tashkil etishning yuqorida keltirilgan “Создать\Пустая база данных” yordamida yangi MB tashkil etilgandan so‘ng kompyuter ekranda dastur oynasi – foydalanuvchi interfeysi paydo bo‘ladi.
Dasturning foydalanuvchi interfeysi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Sarlovhalar satri. Bu satr o‘zida dastur znachogi ostida beriluvchi va dastur oynasi ustida amallar bajaruvchi kontekstli menyuni, MB fayli nomini, dastur nomini va 3 ta dastur oynasini boshqaruvchi tugmalarni aks ettiradi.
Lenta nomlari satri. Bu satrda “Файл” menyusi va “Главная”, “Создание”, “Внешние данные” va “Работа с базами данных” nomli lentalar nomlari keltirilgan.
Buyruqlar lentasi satri. Bu satrda MB bilan ishlashga mo‘ljallangan barcha buyruqlar va buyruqlar paneli keltirilgan.
Obyektlar maydoni. Bu yerda MB loyihasini tashkil etishda ishlatilgan barcha obyektlar nomlari keltiriladi. Ular ustiga sichqoncha
ko‘rsatkichini keltirib, uning chap tugmasi ketma-ket ikki marta uzluksiz bosilsa bu obyekt ochiladi.
Ishchi maydon. Bu yerda ochilgan obyektni ko‘zdan kechrish, tahrir etish va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Holatlar satri. Bu yerda dasturning ish rejimi haqidagi axborotlar bilan “Caps Lock” tugmasining holati haqidagi ma’lumot, hamda ayni rejimda kerak bo‘ladigan yordamchi tugmalar keltiriladi.
MS Access dasturida ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritish va ular ustida amallar bajarish uchun quyidagi 5 ta tashkil etivchi obyektlardan foydalaniladi.
“Таблицы” (jadvallar) – bu ma’lumotlar bazasi jadvali bo‘lib, MB tuzilishini yaratadi va o‘zida obyekt haqida ma’lumotlarni saqlaydi. ;
“Форма” – bu ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash ishlarini amalga oshiradi;
“Запросы” (so‘rovnomalar) – ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni olishda ishlatiladi;
“Отчеты” (hisobotlar) – ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanib hisobotlar tayyorlashda ishlatiladi.
“Макросы” – bu ma’lum bir amallar to‘plamini bajaruvchi kichik dastur. U foydalanuvchi tomonidan MS Accessning ichki dasturlash tili VBda (Vizual Basic) yoziladi. MS Accessda jami 32678ta obyekt yaratish mumkin.
|
| |