|
rasm. Yangi slayd yaratish tugmasi va unga bog‘langan maketlar
|
bet | 40/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT rasm. Yangi slayd yaratish tugmasi va unga bog‘langan maketlar
“Слайды” buyruqlar paneli joylashgan “Макет” nomli maketlar turi keltirilgan panelni ochuvchi tugma yordamida prezentatsiyadagi mavjud slaydlarning maketini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun avval bu slaydlar tanlab olinadi, so‘ng “Макет” tugmasi bosiladi va kerakli maket turi tanlanadi. Natijada barcha belgilangan slaydlarning maketi tanlangan maket turiga o‘zgarib qoladi.
Slayd maketlari slayddagi ma’lumotlarning slaydda joylashuvnini, formatlashtirishni va to‘ldiruvchilarini aniqlaydi. Quyidagi 5.5-rasmda dasturning ichki maketlari turlari keltirilgan bo‘lib, ularda matn, rasm, jadval, audio-video va boshqa shu kabi obyektlar joylashtirishga mo‘ljallangan to‘ldiruvchilar keltirilgan.
9.-rasm. “Maket” tugmasiga bog‘langan maketlar to‘plami
Dasturda slaydga qo‘shish mumkin bo‘lgan 4 xil turdagi matn mavjud. Ular to‘ldiruvchidagi matn, avtofuguradagi matn, yozuvdagi matn va WordArtdagi matn.
Odatda slayd tashkil qilinib maketi tanlanganda slaydda uzuq-uzuq chiziq bilan chegaralangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydon paydo bo‘ladi. Bunda y uzuq-uzuq chiziq bilan chegaralangan maydonlar to‘ldiruvchi deyiladi. Bunday to‘ldiruvchilarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, o‘chirib tashlash, o‘lchamini o‘zgartirish mumkin.
Agar tanlangan maketdagi mavjud matn yozish uchun ajratlgan to‘ldiruvchi ko‘rinishidagi matn maydonlari yetarli bo‘lmasa, “Вставка” lentasining “Надпись” tugmasi yordamida yangi matn maydonlari yaratish mumkin. Buning uchun “Надпись” tugmasi sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida bosiladi va sichqoncha ko‘rsatkichi slaydning matn yozish kerak bo‘lgan joyiga keltirilib, so‘ng matn maydoni chiziladi va kerakli matn kiritiladi.
Bundan tashqari matnlarni kvadrat, to‘rburchak, aylana va boshqa shu kabi geometrik shaklar ichiga ham joylashtirish mumkin. Buning uchun geometrik shakl ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi keltirilib, uning o‘ng tugmasi bosiladi va paydo bo‘lgan kontekstli menyudan “Изменить текст” buyrug‘i beriladi va kerakli matn yoziladi. Bunda bu matn shu geometrik shaklga bog‘lanib qoladi, ya’ni shaklning holati o‘zgartirilsa (masalan, biror burchakga burilsa) shunga mos holda matn ham o‘zgaradi. Endi bu obyekt matnli obyekt holiga o‘tib qoldi.
|
| |