|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 38/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSATSlaydlar paneli – bu yerda yaratilgan barcha slaydlarning eskizlari joylashadi. Ular yordamida slaydlar ustida amallar bajarish mumkin. Masalan, slaydlar ketma-ketligini o‘zgartirish, slaydlardan nusxa olish, o‘chirish, kerakli slaydni yoki slaydlar guruhini belgilash va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin.
Slayd maydoni – bu asosiy ishchi maydon bo‘lib, bu yerda har-bir slayd bilan alohida ishlash, ularga har xil obyektlar (masalan, jadvallar, rasmlar, grafiklar, diagrammalar va boshqalar) qo‘yish mumkin.
Izoh yozish satri – bu satr yordamida slaydlarga biror bir izoh yozish amalga oshiriladi. Masalan, “Bu slayd 20.05.2023 yil sanasida Internetdan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan” – deb izoh yozib qo‘yish mumkin.
Holatlar satri – bu satrning bosh qismida slaydlar soni va ayni paytda aktiv bo‘lgan slayd nomeri keltirilgan. So‘ng slaydlarni ekranda tasvirlanish turlarini belgilash tugmalari, prezentatsiya namoyishini aktiv slayddan boshlash tugmasi va dastur oynasi masshtabini o‘zgartirish imkonini beruvchi masshtab tugmalari keltirilgan. Taqdimot slaydlarni ekranda tasvirlanishni 3 xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ularga quyidagi tugmalarni mosini bosish orqali o‘tiladi.
– Normal ko‘rinishga o‘tkazish tugmasi. Agar bu tugma “Shift” tugmasi bilan birga bosilsa slaydlar yaratish ustasi ochiladi;
– Slaydlarni tartiblashtirish imkonini beruvchi ko‘rinishga o‘tkazish tugmasi;
– O‘qish uchun ochish tugmasi.
Microsoft PowerPoint 2019 dasturida elektron prezentatsiya yaratish uchun asosan quyidagi ishlarni ketma-ket bajarish orqali amalga oshiriladi:
Prezentatsiya slaydlari uchun “Teмa” tanlash – bunda tema tanlash
prezentatsiya mavzusidan kelib chiqqan holda “Дизайн” lentasi orqali tanlanadi.
Titul varag‘ini tayyorlash. Titul varag‘i – bu elektron ma’ruzaning birinchi beti hisoblanadi. Bu bet uchun maxsus «Титульний слайд» nomli slayd maketidan foydalaniladi. Bu maket «Заголовок слайда» va «Подзаголовок слайда» nomli to‘ldiruvchilardan (yozuv maydonlaridan) tashkil topgan. Bu yerda yana qo‘shimcha matnli to‘ldiruvchilar qo‘shish uchun «Вставка» menyusining
«Надпись» tugmasidan foydalaniladi.
SmartArt tasvirlari bilan ishlash. Prezentatsiyaning ko‘rinishi undagi slaydlarning ko‘rkamligi hamda mavzuni yoritish darajasiga bog‘liq. Ko‘pgina foydalanuvchilar slaydlarni ko‘rkamlashtiruvchi rasmlar chizishni bilmaydi. Bunday foydalanuvchilar uchun maxsus rasmlar jamlangan “SmartArt” strukturalashgan tasvirlar kolleksiyasi mavjud. Unning yordamida osonginamavzu g‘oyasini yoritib beruvchi strukturalar yaratish mumkin.
Ro‘yxatlar bilan ishlash. Prezentatsiyada ro‘yxatlar biror bir obyektni sifatlarini sanab o‘tishda ishlatiladi. Ro‘yxatlar markerlar, sonlar va harflar orqali tashkil etilishi mumkin.
Rasmlar bilan ishlash. PowerPoint dasturida rasmlar bilan ishlashning 2 xil usuli mavjud:
Fayl ko‘rinishida saqlanayotgan rasmlardan foydalanish. Fayl ko‘rinishida saqlanayotgan rasmlardan foydalanish uchun «Вставка» menyusining
«Рисунок» tugmasi bosiladi va «Это устройство» bandidan ochilgan oyna yordamida kerakli rasm tanlanadi.
Internetdagi rasmlardan foydalanish. Internetdagi rasmlardan foydalanish uchun «Вставка» menyusining «Рисунок» tugmasi bosiladi va
«Изображения в Интернете» bandidan ochilgan oyna yordamida kerakli rasm tanlanadi.
Prezentatsiya betlarini nomerlash. Prezentatsiya betlarini nomerlash uni sifatlaridan birini oshishiga olib keladi. Masalan, prezentatsiyaga mundarija qilish yoki giper murojatlar qilishda slaydlarni betlarga ajratilgani qo‘l keladi.Slaydlarni
nomerlash «Вставка» menyusining «Колонтитулы» tugmasi yordamida amalga
oshiriladi. Bu tugmacha bosilganda ekranda «Колонтитулы» nomli muloqat oyna ochiladi. Bu oynadagi kerakli maydonlar belgilanib qo‘yiladi.
|
| |